Atigi 4 soniyada tezligi 100 km/soatga yetuvchi BMW i4 elektromobili namoyish qilindi

  •   DiMaX
  •  1753
  •  18.03.2021 10:51

Atigi 4 soniyada tezligi 100 km/soatga yetuvchi BMW i4 elektromobili namoyish qilindi

Kecha – 17 mart kuni BMW Group yillik konferensiyasini o‘tkazdi. Germaniyalik avtomobilsoz unda o‘zining BMW i4 rusumli yangi elektrokarini taqdim etdi.

O‘QING: Tesla harakatlanayotgan Semi elektrokarining ilk videosini chiqardi

Aniqlik kiritib o‘tsak, BMW bu elektromobilining barcha xususiyatlarini oshkor etgani yo‘q. Uning to‘laqonli taqdimoti yaqin orada bo‘lib o‘tishi kerak.

Hozirgacha aniq bo‘lgan xususiyatlarini keltirib o‘tsak, avvalo, BMW i4 akkumulyatorining to‘la zaryadi bilan 590 kilometrlik masofagacha yura oladi.

BMW i4 bir nechta variantlarda taklif etiladi, quvvati 390 kilovattni (530 ot kuchini) tashkil etadi. Buning yordamida mashina 100 km/soatlik tezlikka atigi 4 soniyada erisha oladi!

O‘QING: Yevropada atigi 4500 dollarlik elektromobil paydo bo‘lishi mumkin

Shu bilan birga, internetda BMW i4 konseptining videosi ham tarqalib ulgurgan:

Ishlab chiqaruvchining o‘zi BMW i4 modelini «to‘liq elektrlashtirilgan 4 eshikli Gran Coupé» deb atamoqda. Bozorga uni kelasi yili, BMW M Performance varianti bilan birga chiqarishadi.

O‘QING: O‘zbekistonda faqat elektromobillar ishlab chiqarilishi mumkin

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!