Atigi 400 dollardan boshlanuvchi «ekstremal flagman»lar – Xiaomi Mi 11X hamda Snapdragon 888 chipli Mi 11X Pro chiqdi (+video)

  •   DiMaX
  •  1764
  •  24.04.2021 08:35

Atigi 400 dollardan boshlanuvchi «ekstremal flagman»lar – Xiaomi Mi 11X hamda Snapdragon 888 chipli Mi 11X Pro chiqdi (+video)

Xiaomi kompaniyasi Mi 11 Ultra superflagmanining Hindistondagi taqdimotini 23 aprelga belgilagan edi. Shu bilan birga, o‘shanda Snapdragon 888 chipsetli «ekstremal flagman»lar – Xiaomi Mi 11X turkumini ham namoyish etishini aytgan.

O‘QING: Smartfon bozoridagi beshta yetakchi: Huawei o‘yindan chiqdi! (2021 yil 1-chorak)

Xiaomi Mi 11 Ultra modeli «Fillar o‘lkasi»da faqat bitta – tezkor/ichki xotirasi tegishlicha 12/256 gigabaytlik variantda taqdim qilindi. Lekin kompaniya bu yurtda uni 935 dollarga teng narxda sotadi; holbuki, ayni shunday xotirali varianti Xitoyning o‘zida ham bundan qimmatroq – 990 dollar turadi.

«Ekstremal flagman»lar turkumiga kelsak, ular ikkita ekan: bazaviy Xiaomi Mi 11X modelidan tashqari yana Xiaomi Mi 11X Pro smartfoni ham namoyish etildi. Biroq ular butkul yangi modellar emas, balki tegishlicha Redmi K40 va Redmi K40 Pro flagmanlarining Hindiston bozoriga mo‘ljallab reneyming qilingan versiyalari bo‘lib chiqdi.

Xiaomi Mi 11X smartfoni Qualcomm Snapdragon 870 protsessori bazasiga qurilgan. Xiaomi Mi 11X Pro flagmanining «elektron yuragi» esa Qualcomm kompaniyasining eng kuchli – Snapdragon 888 chipseti bo‘ladi.

Hindistonda bu ikki flagmanning narxlari quyidagicha: Xiaomi Mi 11X modelining 6/128 GB xotirali varianti 400 dollar, 8/128 gigabaytligi esa 425 dollarga baholangan. Xiaomi Mi 11X Pro flagmaniga kelsak, 535 dollarga uning 8/128 gigabaytlik, 560 dollarga esa 8/256 gigabaytlik variantini olish mumkin.

O‘QING: MIUI 12.5 yakuniy proshivkasi yettita Xiaomi smartfoniga muddatidan oldin kela boshladi!

Quyidagi videoda bu ikki smartfonni o‘zaro taqqoslab ko‘rsatishgan:

Xiaomi Mi 11X modelining to‘liq texnik jihatlari bilan (Redmi K40 misolida) ushbu xabar, Xiaomi Mi 11X Pro xususiyatlari bilan esa (Redmi K40 Pro misolida) mana bu xabar orqali tanishish mumkin.

O‘QING: Redmi ilk o‘yin smartfonining asosiy «fishka»sini «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatdi!