Atigi 6 dollarlik telefonlardan «Huawei smartfonlari» yasab, 25 dollardan sotgan jinoiy guruh ushlandi

  •   DiMaX
  •  1665
  •  07.10.2020 16:48

Atigi 6 dollarlik telefonlardan «Huawei smartfonlari» yasab, 25 dollardan sotgan jinoiy guruh ushlandi

AQSh hukumati tomonidan yangi sanksiyalar qo‘llanilishiga qaramasdan, Huawei – dunyodagi eng yirik va hozircha ommabop smartfonsozlardan biridir. Xususan, o‘z yurtida uning nufuzi katta, lekin firibgarlar uning obro‘sidan foydalanib qolishga hamisha urinib kelishadi.

O‘QING: Huawei’ga qarshi sanksiyalar sababli Xiaomi, Oppo va Vivo qanday foyda ko‘rayotganini bilasizmi?

Xitoyning Szyansi provinsiyasi politsiyasi kuni kecha qalbaki Huawei smartfonlarini sotish bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruhni qo‘lga oldi. Ular noma’lum ishlab chiqaruvchilan o‘ta arzon – atigi 6 dollarga teng narxda sotib olib, tashqi ko‘rinishini va dasturiy ta’minotini Huawei mahsulotlariga o‘xshatib qayta ishlashgan. Keyin esa bu qurilmalarni bor-yo‘g‘i 25 – 40 AQSh dollariga teng narxlarda sotishgan.

Mazkur jinoiy guruhning ishlab chiqarish bazasi fosh etilgan va 300 000 AQSh dollaridan oshiqroq miqdordagi aktivlari muzlatib qo‘yilgan. Guruh a’zolariga nisbatan kontrafakt mahsulotlar tayyorlash va firibgarlik ayblari qo‘yilib, ustlaridan jinoiy ochilgan.

Politsiya jinoiy guruhning bazasida 1300 dan ortiq tayyor holdagi qalbaki Huawei telefonlari, yana ko‘plab hali tayyor bo‘lmagan smartfon namunalari, proshivka qilishga moslangan uchta kompyuterni aniqlagan.

Xabarga ko‘ra, joriy yilning iyunidan buyon bu jinoiy guruh kuniga 100 donadan oshiq qalbaki Huawei telefoni sotib kelgan. Toki sentyabrda qo‘lga olinguniga qadar ular jami 7000 donadan ortiq telefon sotishgan va 90 000 dollarga yaqin noqonuniy daromad ko‘rishgan ekan.

O‘QING: Android-smartfon originalligini aniqlashning eng sodda va ishonchli usuli