Atigi 70 dollarlik, ammo romsiz ekran va yuzni tanish funksiyasiga ega Meizu C9 smartfoni taqdim qilindi!

  •   DiMaX
  •  2211
  •  06.12.2018 15:07

Atigi 70 dollarlik, ammo romsiz ekran va yuzni tanish funksiyasiga ega Meizu C9 smartfoni taqdim qilindi!

Hindiston smartfonlar bozori – hamyonbop modellar uchun ulkan «jang maydoni»dir. O‘zining narxidan sifati yuqori mahsulotlari bilan tanilgan Meizu ham undan ulushini olishga harakat qilmoqda.

O‘QING: Meizu 16S flagmanining surati e’lon qilindi: uch modulli kamera va... «tirqish»li ekran!

Ushbu smartfonsoz Hindistonda kecha yangi hamyonbop modeli – Meizu C9 devaysini rasman namoyish qildi. Arzonligiga qaramay, bu smartfon hozirda urfga kirgan romsiz ekran dizayniga hamda yuz skaneriga ega!

Meizu C9 diagonaliga 5,45 dyuymlik ekranga ega bo‘lib, displey tasvir aniqligi HD+ formatida (1400x720 pikselli. Uning fotochaqnoqli bosh kamerasi 13 megapiksellik, selfilar uchun esa 8 megapiksellik old kamera ajratilgan.

O‘QING: Meizu Note 8 Plus – to‘rt modulli kameraga ega ikkinchi smartfon!

Yangi hamyonbop telefonning «elektron yuragi» – to‘rt yadroli SC9832E protsessori bo‘lib, 1,3 gigagersgacha takt chastotasida ishlay oladi. Tezkorlikni ta’minlashda unga 2 gigabaytlik tezkor xotira yelkadosh bo‘ladi. Doimiy xotirasi 16 gigabaytlik bo‘lib, microSD formatli karta yordamida uni yana 128 gigabaytgacha kengaytirish mumkin.

Meizu C9 akkumulyatori 3000 mA/soatlik tok sig‘imiga ega. Smartfon ikkita SIM-karta uyachasi, 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11 b/g/n, Bluetooth 4.1, GPS + GLONASS modullari bilan ta’minlangan. Korpusining o‘lchami 146,4x70x8,5 millimetrga, vazni esa 140 grammga teng.

Android 8.0 Oreo operatsion tizimli Meizu C9 smartfoni xaridorlarga oq va qora rangli korpuslarda yetkazib beriladi. Hindistonda uning narxi taxminan 85 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi, ammo ayni damda bu modelni vaqtinchalik chegirma bilan 70 dollarga taklif etmoqda.

Eslatib o‘tish o‘rinliki, mazkur brendning ayni damdagi flagmani O‘zbekistonda rasman sotilayotgan eng kuchli Android-telefonlardan biridir. Uning ko‘plab rusumlardagi smartfonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan 952 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Meizu 16 flagmani va bu brendning boshqa smartfonlarini Terashop.uz’dan oling (2018 yil 16 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!