Atigi 80 dollarga «sindirib bo‘lmas» smartfon bor! (+video)

  •   DiMaX
  •  2656
  •  26.09.2017 14:41

Atigi 80 dollarga «sindirib bo‘lmas» smartfon bor! (+video)

Blackview BV4000 rusumli smartfon haqida eshitganmisiz? Bu – yoningizda trenajyor zaliga olib borsangiz ham, ustiga biror og‘ir narsa tushib ketishidan xavotirlanmasangiz ham bo‘laveradigan darajadagi himoyalangan qurilma.

Gadjetning tashqi zarbalardan ishonchli tarzda muhofaza etilganligini videoda ham isbotlashdi: uni kuch bilan devorga va polga urib ko‘rishdi, futbol to‘pi o‘rniga tepib o‘ynashdi, keyin esa ekrani ustiga 112 kg.dan oshiq yuk qo‘yib sinab ko‘rishdi! Testlardan samarali o‘tgan Blackview BV4000 o‘z ish faoliyatini aslo yo‘qotmadi, «hech nima ko‘rmagandek» ishlashda davom etaverdi.

Mana, o‘zingiz bir ko‘ring-da:

Mazkur devays zarbalarga chidamliligi bilan birga, IP68 standarti bo‘yicha chang va suvdan ham himoyalangan. Uning ichki xususiyatlariga kelsak, «yuragi» – to‘rt yadroli MediaTek MT6580A protsessori. Tezkor va doimiy xotiralarining hajmlari tegishli ravishda 1 hamda 8 gigabaytni tashkil etadi. Qo‘shaloq kamerasi 8 va 2 megapikselli modullardan iborat bo‘lib, suratga olish sifatini yaxshilash maqsadida chaqnoq ham o‘rnatilgan. Selfi-kamerasi esa 2 megapikselli.

Blackview BV4000’ning old paneliga diagonali 4,7 dyuym bo‘lgan HD-displey o‘rnatilgan. Korpusi zarbalarga chidamli bo‘lgan bu «o‘lmas» smartfonning ekrani ham Gorilla Glass 3 himoya himoya shishasi bilan himoyalangan.

Qurilmaning akkumulyatori 3680 mA/soat sig‘imga ega, smartfon operatsion tizimning Android 7.0 Nougat talqinida ishlaydi. Unga ikkita SIM-karta (yoki bittasining o‘rniga 32 gigabaytgacha hajmli MicroSD-karta) qo‘yib ishlatish mumkin. Smartfon uyali aloqaning 2G va 3G formatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuncha afzalliklari bilan tag‘in, Blackview BV4000 narxi ham «chaqib olmaydigan» darajada! AliExpress onlayn bozorida uni uch xil variantda, sovg‘alari bilan taklif etishmoqda, chegirma bo‘yicha narxi 79.99 - 97.79 AQSh dollarini tashkil etadi (chegirma muddati 2 kundan so‘ng tugaydi). Sovg‘a tariqasida unga silikon g‘ilof ham qo‘shib berishadi.

«O‘lmas»  Blackview BV4000 smartfonini AliExpress’dan chegirma asosida xarid qilish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin. Agarda bu borada yetarlicha tajribaga ega bo‘lmasangiz, xaridni biz orqali amalga oshirish uchun +998-97-773-44-12 telefon raqami orqali menejerimiz bilan bog‘laning.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!