Atigi 90 dollarga NFC, kvadrokamera va 128 GB xotirali smartfon chiqdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  6304
  •  18.05.2020 15:34

Atigi 90 dollarga NFC, kvadrokamera va 128 GB xotirali smartfon chiqdi! (+video)

Apple korporatsiyasi kvadrat blokli kameraga ega ayfonini taqdim etishga ulgurmay turib, xitoylik kompaniya unga o‘xshash Cubot X20 Pro smartfonini chiqargan va atigi 200 dollarga baholagan edi. Mazkur ishlab chiqaruvchi endi zamonaviy trendlarga uyg‘un, lekin o‘ta arzon yana bitta modelini namoyish etdi.

O‘QING: Eng arzon 5G-flagman endi Realme X50m emas – Redmi K30 5G narxi naq 55 dollarga pasaydi!

Cubot P40 rusumli ushbu yangi smartfon atigi 90 dollarga narxlangan, AliExpress do‘konida uni 6 iyundan, qora, zangori va yashil korpuslarda sota boshlashadi. Qurilmaning dizayni Samsung kompaniyasining Galaxy S20 turkumidagi flagmanlariga o‘xshash. To‘rtburchak blokdagi bosh kamerada asosiy sensor – 12 megapiksellik Sony IMX486 moduli; unga yana uchta datchik va fotochaqnoq hamrohlik qiladi.

Smartfon ekrani diagonaliga 6,2 dyuymlik, u HD+ formatidagi tasvir aniqligiga va Incell texnologiyasiga ega. Korpus old yuzasining 90,3 foizini band etuvchi displeyning kemtigiga selfi-kamera o‘rnatilgan – u 20 megapiksellik Samsung S5K2T7 sensoriga va sun’iy idrok texnologiyasiga ega.

O‘QING: 1000 dollarlik Galaxy S20+’ni mag‘lub etgan, o‘zi atigi 200 dollarlik smartfonni bilasizmi? («Jonli» test videosi)

Cubot P40 tezkor xotirasi 4 gigabaytlik; doimiy xotirasi esa narxiga nisbatan yuqori – 128 gigabaytlik hajmga ega. Smartfonning “elektron yuragi” tarzida MediaTek Helio A22 protsessori tanlangan.

Ushbu smartfonning yana bir afzalligi – 4200 mA/soatlik akkumulyatori bo‘lib, u zamonaviy USB-C porti orqali quvvatlanadi. Cubot P40 odatda arzon telefonlarda uchramaydigan NFC chipiga va Android 10 operatsion tizimiga ham ega ekanligi boshqa smartfonsozlarning hasadini keltirishi aniq.

O‘QING: «Qoch yo‘ldan, Redmi!» – eng arzon, tag‘in NFC va 120 Gs ekranli, kvadrokamerali 5G-smartfon sotuvga chiqdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!