Atigi 99 dollarlik smartfon Xiaomi Mi CC9 Pro’dan zo‘r makrosurat oladi! (+«jonli» video)

  •   DiMaX
  •  3413
  •  10.04.2020 11:00

Atigi 99 dollarlik smartfon Xiaomi Mi CC9 Pro’dan zo‘r makrosurat oladi! (+«jonli» video)

Smartfonsozlar hozirda telefonlarning kamerasi bobida ham kimo‘zarga harakat qilishayotganidan xabaringiz bor. Hozirda kamerofonlarga o‘rnatilayotgan rezolyusiyasi eng yuqori datchiklar 108 megapiksellik sensorlardir.

O‘QING: DxOMark’ning biryo‘la ikkita reytingida taxtni zabt etgan yangi flagman bilan tanishing! (+video)

Lekin xitoylik smartfonsoz – Oukitel kompaniyasi vakillari g‘alati bayonot bilan chiqishdi: «Yaxshi tanilmagan brendlarning makrokameralari qalbaki bo‘ladi, hattoki ular alohida tasvir datchigiga ega bo‘lsa-da, xarakteristikalari e’lon qilinganidan past bo‘ladi!»

Kompaniyaning bunday bayonot bilan chiqishdan ko‘zlagan maqsadi – o‘zi yaqinda taqdim etadigan arzon smartfonning kamera imkoniyatlari zo‘r ekanini bildirishdir. Oukitel C18 Pro nomli mazkur qurilma to‘laqonli uch modulli kameraga va makros’yomka uchun yaxshi sensorga ega. Smartfonsoz bu modelini «Haqiqat va soxtani ajrat» shiori bilan ilgari surmoqda.

Oukitel bu da’vosining isbotini 108 megapiksellik kameraga ega ilk smartfon – Xiaomi korporatsiyasining Mi CC9 Pro kamerofoni bilan taqqoslab ko‘rsatgan. Aytish kerakki, mazkur flagman dunyo bozoriga Mi Note 10 modeli sifatida taqdim etilgan, «qurilmalarni qiynovchi» videobloger Zak Nelson yaqindagina o‘zining JerryRigEverything kanalida uni «Xiaomi’ning eng mustahkam smartfoni», deya maqtagan edi. Lekin...

O‘QING: Samsung kompaniyasi 108 MPlik kamera borasida Xiaomi’ni boplagan ekan!

Oukitel C18 Pro modelida esa bosh kameraning asosiy sensori atigi 16, keng burchakli ikkinchi moduli – 8, makrokamerasi esa – 5 megapiksellik aniqlikda. Ishlab chiqaruvchi bu kameralarning xususiyatlari chindan ham aytilganidek ekanligiga urg‘u berayotir. Bundan tashqari, smartfonning kamerasi rasm sifatini yaxshilash uchun sun’iy intellektni ham qo‘llaydi.

Ishlab chiqaruvchiga ko‘ra, Oukitel C18 Pro atigi 99 dollarlik bo‘lsa-da, ikki yarim baravar qimmat Xiaomi Mi CC9 Pro flagmanidan makrokamera (har ikkalasida 5 MPlik) sifati bo‘yicha ustun keladi. Buni isbotlash uchun kompaniya har ikkala smartfonda rasmlar olib ko‘rsatilgan «jonli» videoni e’lon qilgan:

Oukitel C18 Pro diagonaliga 6,55 dyuymlik ekranga hamda 4000 mA/soatlik akkumulyatorga ega. Kompaniya uning boshqa xususiyatlarini hozircha aytmayapti, faqat 20 aprelda taqdim etilishi ma’lum. Shuningdek, savdoning boshlanishida uni maxsus narxda – 99 dollardan sotishadi, keyin esa narxi asl holigacha ko‘tariladi.

Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz: Xiaomi naq 144 megapiksellik kameraga ega smartfon tayyorlayapti va bu Mi 10S Pro yoki Mi CC10 Pro modeli bo‘ladi. Kuni kecha yana 192 MPlik kamerali smartfon haqida ma’lumot chiqdi, lekin oldinroq...

O‘QING: 256 MPlik kamerali ilk smartfonni kim tayyorlaganini bilasizmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!