Atigi uch oy ichida 10 million dona Redmi Note 8/8 Pro smartfoni sotildi

Atigi uch oy ichida 10 million dona Redmi Note 8/8 Pro smartfoni sotildi

29 avgust kuni Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 8/8 Pro'larni rasman sotuvga chiqargan edi. Redmi Note 8 va Redmi Note 8 Pro'lar sotila boshlaganidan atigi uch oy ichida ishlab chiqaruvchi dunyo bo‘ylab 10 million dona mahsulot sotdi.

Ushbu katta yutuqni nishonlash uchun kompaniya Redmi Note 8'ga o‘z veb-saytida chegirma e’lon qildi, ammo bu faqat 6/128GB variantli qurilmalar uchun va Xitoydagina amal qiladi.

Ushbu marraning o‘zi katta muvaffaqiyatdir, lekin Redmi Note 7 savdolari bilan taqqoslaganda, yana ham ulkandir. Kompaniya yana shuni aytib o‘tdiki, bu qurilmalar uch oy davomida kuniga 110 000 donadan sotilgan!

Xiaomi muvaffaqiyatdan o‘ta xursandchilikka berilmasdan, bugun bo‘lib o‘tadigan Redmi K30 taqdimotiga e’tibor qaratishini ma’lum qildi. Bu devays Redmi sub-brendining ilk 5G smartfoni bo‘lib, to‘liq ekran va qo‘shaloq linzali tiriqish selfi kameraga ega bo‘ladi.Bugungi taqdimotda ikkita qurilma: Redmi K30 va Redmi K30 Pro'lar taqdim qilinishi kerak. Bulardan faqat ikkinchisi keyingi avlod aloqasi va tezkor quvvatlash imkoniga ega bo‘lishi kutilmoqda.

O‘QING: Yangi ko‘rinishdagi Redmi Note 8 Pro taqdim qilindi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!