Atigi uch soniyadayoq 15 million dollarlik sotilgan smartfonni bilasizmi?

  •   DiMaX
  •  3548
  •  18.06.2019 10:49

Atigi uch soniyadayoq 15 million dollarlik sotilgan smartfonni bilasizmi?

AQSh sanksiyalaridan keyingi qiyin vaziyatga qaramasdan, Huawei kompaniyasi yaqinda yangi xalqona flagmani Honor 20 va uning kuchaytirilgan talqini – Honor 20 Pro’ni namoyish etgandi. Bulardan birinchisining savdosi zo‘r bo‘lsa, ikkinchisi hali bugun – 18 iyunda sotuvga chiqdi.

O‘QING: Honor 20 smartfonlari savdosi qanday kechmoqda? Natija hayratlanarli!

Honor 20 Pro flagmani birvarakayiga Xitoydagi eng yirik onlayn savdo maydonchalarida sotila boshladi. VMall hamda JD.com saytlarida u 3000–4000 yuanlik smartfonlar orasida eng ommabop modelga aylandi. Qizig‘i – bu qurilma sotuvga chiqishi bilanoq bestsellerga aylandi: atigi uch soniyadayoq undan naq 15 million dollarlik sotildi!

Bu muvaffaqiyat bejiz emas, axir, Honor 20 Pro o‘z xususiyatlariga ko‘ra oqilona narxda taklif etilmoqda – Xitoyda uni 465 dollardan boshlab olish mumkin. Vaholanki, mazkur flagman dunyodagi eng kuchli kameralardan biriga ega – DxOMark reytingida yetakchi Huawei P30 Pro (sotib olish) kamerofonidan atigi birgina ballik farq bilan uchinchi o‘rin!

Darvoqe, kechagina Honor 20 Pro modeli, nihoyat, Google tomonidan sertifikatlandi. Demak, endi ushbu smartfon xorij bozorlariga ham hech bir to‘siqsiz chiqariladi. Afsuski, Honor brendi ostidagi smartfonlar O‘zbekiston bozoriga rasman kirib kelmagan. Android operatsion tizimli, muammosiz yangilanuvchi Huawei smartfonlarining aksariyatini esa 1 059 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Huawei smartfonlarida reklama paydo bo‘ldi – qutulish yo‘lini o‘rganib oling!