Auksionda birinchi «chiroyli» mobil raqam 5,3 mln so‘mga sotildi

Auksionda birinchi «chiroyli» mobil raqam 5,3 mln so‘mga sotildi

11 iyunda Respublika tovar-xom ashyo birjasining axborot tizimida chiroyli sonlar kombinatsiyasiga ega mobil telefon raqamini sotish bo‘yicha ilk bitim tuzildi. Avvalroq O‘zRTXB» AJ va «COSCOM» MChJ (Ucell) o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolangani haqida xabar bergan edik. 

O‘tkazilgan elektron savdo natijasiga ko‘ra onlayn-auksion orqali «COSCOM» MChJ (Uselltm) uyali aloqa operatorining (+998 93) 577-88-88 birinchi mobil raqami sotildi.

Ushbu lot 4 iyun kuni Toshkent shahar jismoniy shaxslari uchun savdoga quyilgan. Boshlang‘ich bahosi 4 000 000 so‘mlik mobil raqamning sotilish qiymati 5 360 000 so‘mgacha o‘sgan. O‘sish darajasi boshlang‘ich narxga nisbatan 34%ni tashkil etgan.

Savdo g‘olibi 5 kun mobaynida tuzilgan bitim bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni to‘liq qoplashi va keyingi 10 kun davomida raqamni «COSCOM» MChJ (Uselltm) ofisida rasmiylashtirishi kerak.

O‘QING: Kutilmaganda «Perfectum» savdoga qo‘yildi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!