Avgustda chiqayotgan yangi flagman GeekBench’da rekord o‘rnatdi

  •   DiMaX
  •  829
  •  26.07.2021 10:47

Avgustda chiqayotgan yangi flagman GeekBench’da rekord o‘rnatdi

Yaqinda Huawei korporatsiyasi tarkibidan alohida bo‘lib ajralib chiqqan Honor kompaniyasi hozirda bir qator yangi qurilmalarni taqdimotga tayyorlamoqda. Shulardan biri Honor Magic 3 rusumli smartfondir.

O‘QING: Antiqa dizayndagi Honor Magic 3 va 3 Pro smartfonlarining narxi va asosiy texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Honor Magic 3 smartfonining 12 avgust kuni rasman taqdim etilishi ma’lum bo‘lgan. Namoyishidan oldin uning GeekBench servisida tekshrib ko‘rilganini aks ettiruvchi skrinshot internetga chiqib ketdi.

Benchmarkda mazkur flagman barcha Android-apparatlardan yuqori natija ko‘rsatib, rekord o‘rnatgan. Yakka yadroli testda uning natijasi 1215 ballga teng bo‘lsa, ko‘p yadroli rejimda smartfon 3806 ballik natija ko‘rsatgan:

Honor Magic 3 modelining ushbu rekordiga, albatta, Snapdragon 888 Plus protsessori asosiy sababchidir. O‘tgan oyning oxirida namoyish qilingan bu chipset 5 nanometrlik texnologik jarayonga asoslangan va bazaviy Snapdragon 888 protsessoridan birmuncha kuchli.

Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak, Snapdragon 888 chipli eng qudratli flagmanlardan biri – Black Shark 4 Pro modeli GeekBench benchmarkidagi yakka va ko‘p yadroli imtihonlarda tegishlicha 1130 ball va 3700 ball olgan. Mazkur geymerofon yana bir ommabop benchmark – AnTuTu servisining eng baquvvat flagmanlar reytinglarida ketma-ket uch oydan beri yetakchilik qilib kelmoqda. Honor Magic 3 esa mazkur benchmarkda ham undan kuchli natija ko‘rsatsa kerak.

O‘QING: Eng arzonidan eng zo‘rigacha: Android-smartfonlarning beshta reytingi (AnTuTu, 2021 yil iyun)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!