Avlodlar silsilasi: Galaxy S'dan Galaxy S10'gacha

Avlodlar silsilasi: Galaxy S'dan Galaxy S10'gacha

Ancha yillardan buyon, janubiy koreyalik komaniyaning Galaxy S turkumidagi gadjetlari innovatsion dizayni va foydalanishga qulayligi bilan o‘z xaridorlarini mamnun qilib kelmoqda.

2019 yil boshida kompaniya o‘zining o‘ninchi avlod Galaxy S10 smartfonini taqdim etdi.
Bugun biz Galaxy S seriyasining barcha devayslari bilan tanishib chiqib, 9 yil davomida Samsung dizayn va texnik jihatlar borasidagi o‘z falsafasini qanday o‘zgartirganligini bilib olamiz. Ro‘yxatimizdan Plus, Edge, Neo, Mini kabilarni olib tashladik.

Galaxy S

S seriyasining birinchi avlodi bo‘lgan ushbu smartfon 2010 yilda taqdim etilgan. Gadjet Android 2.1 tizimida ishlagan. Qurilma 800x480 rezolyusiyali Super AMOLED ekran, 1.0 GHz ARM Cortex A8 protsessori, 500MB tezkor va 8GB doimiy xotira, 1500 mA/soatli akkumulyator, 5MP asosiy va 0.3MP selfi kameraga ega bo‘lgan. Hozirgi kunda bu ko‘rsatkichlar judda oddiy bo‘lib ko‘rinishi mumkin, lekin gadjet o‘sha vaqtning eng kuchli smartfonlaridan biri edi. Galaxy S 25 mln donadan ortiq sotilgan.

Galaxy S II

Yangilangan S seriyasining bu gadjeti 2011 yilning aprelida namoyish qilingan. S II xuddi avvalgi smartfondagidek 800x480 hajmli Super AMOLED displeyiga ega bo‘lgan. Lekin boshqa jihatlar borasida qurilma ancha o‘zgarishlar bo‘lgan. Masalan, tezkor xotira 1GB, doimiy xotira 16GB ga ko‘tarilgan. Protsessorda ham o‘zgarish bo‘lgan, ya’ni kuchliroq bo‘lgan ikki yadrolik Exynos 4210 asosiy protsessor va Mali-400MP4 grafik protsessori o‘rnatilgan. Qurilma 8MP orqa va 2MP selfi kameraga ega bo‘lgan.

Galaxy S III

2012 yilning may oyida sotuvga chiqarilgan ushbu smartfon Samsung gadjetlari ichida birinchi bo‘lib HD displeyga ega bo‘lgan. Shuningdek, gadjet ekrani sezilarli darajada (1280x720 rezolyusiya) kattalashgan hamda kuchliroq Exynos 4412 CPU'si va Mali-400MP4 GPU'si o‘rnatilgan. Ammo kameralar o‘zgarishsiz qolgan. Galaxy S III'ga 1GB tezkor, 16GB doimiy xotira, 2100 mA/soatli akkumulyatorga o‘rnatilgan. Devays 2012 yilning eng yaxshi smartfoni deb e’lon qilingan.

Galaxy S4

Smartfon 2013 yilning aprelida sotuvga chiqqan. Telefondagi asosiy yangilanish uning ekranida bo‘lgan, ya’ni devaysga 5 dyumli FULL HD Super AMOLED displey o‘rnatilgan. Shuningdek, kamera 8MP dan 13MP ga, tezkor xotira esa 1GB dan 2GB ga, akummulyator esa 2600 mA/soatga ko‘tarilgan. Exynos 5410 protsessori esa qurima imkoniyatlarini yanada oshirgan. S4 - Galaxy S seriya gadjetlari orasida eng ko‘p sotilgan smartfon hisoblanadi (80 mln dona).

Galaxy S5

Bir yildan so‘ng, aniqrog‘i, 2014 yilning aprelida yangi Galaxy S5 smartfoni taqdim etildi. Qurilmaga 5.1" FHD Super AMOLED displey, 16MP orqa va 2MP old kamera, 2GB tezkor 16/32GB doimiy xotira, Snapdragon 801 protsessori va Adreno 330 grafik protsessori, 2800 mA/soatli akkumulyator qo‘yilgan. Yangi xususiyatlarga keladigan bo‘lsak, qurilma 4G aloqasini qo‘llab-quvvatlashi, puls sensori, barmoq izi skaneri hamda IP68'ga ega bo‘lgan.

Galaxy S6

2015 yilning aprelida Samsung o‘zining qo‘shaloq S6/S6 edge smartfoninini chiqardi. Bu turkumga keyinchalik S6 Edge+ ham qo‘shildi. S6'dagi eng katta o‘zgarish bu uning korpusi aluminiydan ishlanganidir. Avvalgi barcha qurilmalar faqat plastikdan ishlangan edi. Smartfon xotirasi ham anchaga kengaygan - 3/32GB, 3/64GB, 3/128GB. Bundan tashqari, selfi kamera 2MP dan 5MP ga oshgan. Lekin akkumulyator 2550 mA/soatga tushib qolgan. Gadjetga Exynos 7420 CPU va Mali-T760MP8 grafik protsessori o‘rnatilgan.

Galaxy S7

Avvalgi S6 seriyasi kabi, bu turkum ham S7 va S7 Edge ko‘rinishida 2016 yil fevral oyida namoyish qilingan. O‘zgarishlarga keladigan bo‘lsak, avvalgi seriyadagi 16MP kamera yangi gadjetda 12MP ga tushirilgan bo‘lsa, akkumulyator 3000mA/soatli, tezkor xotira 3GB dan 4GB gacha oshgan. Exynos 8890 protsessori va Mali-T880 MP12 grafik protsessori gadjet ishlashi yanada barqarorlashtirgan. Shuningdek, S7'ga S seriyasi orasida birinchilardan bo‘lib NFC tizimi o‘rnatilgan.

Galaxy S8

Samsung Galaxy S8 birinchi bo‘lib Infinity Displey'ida taqdim etildi, bunda ekrandagi romlar anchaga qisqarib, ekran chet tomonga qayrilgan. S8 2017 yilning aprelida taqdim etilgan. Smartfon dizaynidagi katta o‘zgarish yuqorida aytib o‘tilganidek, Infinity Displey hamda barmoq izi skanerini orqa tomonga ko‘chirilgan. Qurilmaga barqaror Snapdragon 835/Exynos 8895 protsessori va Adreno 540/Mali-G71 MP20 grafik protsessori, 3000 mA/soatli akkumulyator, 12MP old kamera, 8MP selfi kamera, 6/64GB xotira o‘rnatilgan. Gadjetdagi tub o‘zgarishlar: microUSB o‘rniga USB Type-C 3.1 porti, 4K videoga olish imkoniyati va iris skaneri qo‘shilgan.

Galaxy S9

S9 tashqi ko‘rinishidan S8'ga juda o‘xshab ketadi. Yangi gadjetga 5,8 dyuymli OLED displeyi, Snapdragon 845/Exynos 9810CPU'si va Adreno 630/Mali-G72 MP18 GPU'ci, 4/64GB, 4/128GB, 4/256GB xotira, 3000 mA/soatli akkumulyator o‘rnatilgan. O‘zgarishlar haqida gapiradigan bo‘lsak, barmoq izi skaneri orqa paneldagi kamera ostiga ko‘chgan va stereo karnay o‘rnatilgan.

Galaxy S10

Eng so‘nggi S10 gadjetida juda katta o‘zgarishlar yuz berdi. Avvalambor, Super AMOLED o‘rniga Dynamic AMOLED o‘rnatilgan va romlar yanada ingichkalashgan. Shuningdek, devaysga 3 ta: 12MP+12MP+16MP li orqa va 10 megapikselli tirqish selfi kamera o‘rnatilgan. Qurilma akkumulyatori 3400 mA/soatga, xotira 8/128GB, 8/256 8/512GB ga oshgan. Barqaror Snapdragon 855/Exynos 9820 protsessori va Adreno 640/Mali-G76 grafik protsessori qurilma ishlashini yanada takomillashtirgan.

Hasanboy Umarov tayyorladi.

O‘QING: O‘tmishga nazar: Samsung Galaxy Note

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!