«Avtonomlik bo‘yicha chempion» – Redmi 8 taqdim etildi: videosi, narxi va jihatlari

  •   DiMaX
  •  8406
  •  09.10.2019 16:15

«Avtonomlik bo‘yicha chempion» – Redmi 8 taqdim etildi: videosi, narxi va jihatlari

Hindistonda bugun Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi hamyonbop Redmi 8 smartfonini namoyish etdi. Hali taqdimotidan oldinoq biz uning qadog‘idan olib, ishlatib ko‘rsatilgan videosini e’lon qilgan edik. Bundan tashqari, avvalroq...

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Redmi 8 kutilganidan ham arzon narxda sotuvga chiqdi!

Eng muhimi – narxidan boshlasak: Redmi 8 tezkor/ichki xotira hajmiga ko‘ra ikki xil versiyada taklif etiladi. Uning 3/32 gigabaytligi Hindistonda 112 dollardan, 4/64 gigabaytligi bo‘lsa 126 dollardan sotiladi.

Shuningdek, kompaniya yoqimli bir xabarni ham aytdi: Redmi 8 smartfonining ilk 5 million nafar xaridori uning xotirasi katta versiyasini kichkinasi narxida, ya’ni 112 dollardan olishi mumkin!

Texnik xususiyatlariga kelsak, Redmi 8 diagonaliga 6,22 dyuymlik, HD+ formatli ekraniga Gorilla Glass 5 himoya shishasi yotqizilgan. Displeyning o‘rta qismidagi kemtikda 8 megapiksellik selfi-kamera mavjud. Orqa qopqoqda tikkasiga joylashgan bosh kamera esa 12 megapiksellik Sony IMX363 sensori va 2 megapiksellik qo‘shimcha datchikni o‘z ichiga olgan. Mazkur kamera, barmoq izi skaneri hamda Redmi yozuvi bitta qora blokka joylangan.

O‘QING: Uchta modeldagi Redmi smartfoni rasman arzonlashdi!

Redmi 8 modelining «elektron yuragi» sifatida 2.0 GGs.gacha takt chastotasida ishlovchi 8 yadroli Snapdragon 439 protsessori tanlangan. Smartfonda maishiy texnika jihozlarini boshqarish uchun infraqizil port hamda FM-radio mavjud. Batareyasining tok sig‘imi 5000 mA/soatga teng va u 18 vattlik asosda tezkor quvvatlanadi.

Hindiston bilan bir vaqtda Ukrainada ham Redmi 8 taqdimoti o‘tkazildi, faqat Yevropada uning narxi yuqoriroq – tegishlicha 160 va 180 dollarga teng. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, uning akkumulyatori 12 soat o‘yin o‘ynashga yoki oddiy suhbatlar rejimida 4 kun ishlatishga yetadi. Smartfon qadoqdanoq Android 9 Pie operatsion tizim talqiniga asoslangan MIUI 10 boshqaruvi ostida ishlaydi

O‘QING: Qachondan boshlab hamma smartfonlar qadoqdan Android 10'da ishlaydi?

Xiaomi ushbu gadjetini uch xil – qora, qizil va ko‘k rangli korpuslarda taklif etadi. «Avtonomlik bo‘yicha chempion» teya tavsiflangan ushbu smartfonni Hindistonda allaqachon sotishyapti, Ukrainada esa uning savdosi 17 oktyabrdan boshlanadi.

Quyida Redmi 8 taqdimotini to‘lig‘icha tomosha qilish imkoni mavjud, faqat vaqtingiz va trafigingiz bemalol bo‘lsa:

O‘zbekiston bozoriga Redmi 8 qachon va qanday narxlarda kirib kelishi hozircha noma’lum. Kompaniyaning allaqachon global bozorga chiqqan turli telefonlarini esa 610 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar asosida Terashop.uz onlayn do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Rasman savdoga chiqmagan bu flagmanni allaqachon sotishyapti, lekin... naq 140 000 dollardan!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.