Avvalgi iPhone'lar ham endi "portret" olishi mumkin

Avvalgi iPhone'lar ham endi

Instagram xizmati foydalanuvchilari uchun Focus funksiyasini ishga tushirdi. Uning yordamida iPhone foydalanuvchilari avvalroq taqdim qilingan ayfon qurilmalarida ham portret, ya’ni orqa foni g‘ira-shira qilingan suratlar olishlari mumkin.

Ilovada kamerani ishga tushirsangiz, ekran quyisidagi "surtaga olish" tugmasi ostida Focus nomli klavishga ko‘zingiz tushadi. Uni tanlagangizdan so‘ng selfi qilish yoki bosh kamerada suratga olish uchun kamerani qiyofaga to‘g‘irlashingiz kerak bo‘ladi. Kadrda biror qiyofa paydo bo‘lishi bilan ilova manzaraning kerakli joylarini belgilab oladi hamda orqa fonni xiralashtiradi.

Bu usuldagi portret rejimida iPhone SE, iPhone 6s, iPhone 7, iPhone 8 hamda iPhone X egalari ijod qilishlari mumkin.

Shu bilan birga, ilovada muayyan foydalanuvchilarni eslatib turuvchi stikerlarni ham yaratish mumkin va ularni suratga qadab qo‘yish ham mumkin.

Aytish kerakki, portret rejimida surat olish 2017 yilda taqdim qilingan iPhone 7 Plus flagmanining ahamiyatli funksiyalaridan biri bo‘lgan edi. Shu vaqtgacha iPhone 7 Plus, iPhone 8 Plus hamda iPhone X modellari bunday jihatga ega bo‘lgan edilar.

Apple korporatsiyasidan so‘ng jahonning barcha ishlab chiqaruvchilari bunday texnologiya ustida bosh qotirdilar. eAyni paytda bozordagi har uch smartfondan biri portret janrida surat olish imkoniga ega.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.