Ayfonlarga hali chiqmagan iOS 14 konseptini videoda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  838
  •  07.04.2020 13:30

Ayfonlarga hali chiqmagan iOS 14 konseptini videoda ko‘ramiz!

Apple o‘z smartfonlari uchun iOS 14 operatsion tizim talqinini hali iyunda, WWDC 2020 anjumanida namoyish qiladi. Lekin uning anonim xodimi hali chiqmagan proshivkali iPhone 11 Pro Max smartfonini avvalroq ikki bitkoin evaziga sotgan.

O‘QING: Qaysi ayfonlar iOS 14’gacha, aypadlar iPadOS 14’gacha yangilanadi?

Steyn van Osterveyk ismli dizayner esa iOS 14 versiyasining konsepti aks ettirilgan videoni tayyorladi. U operatsion tizimning navbatdagi yangilanishida o‘zi ko‘rishni istagan jihatlarni va interfeysni namoyish qilgan.

Jumladan, Steyn van Osterveyk orzusidagi iOS 14 tizimida kiruvchi qo‘ng‘iroqlar mitti bildirishnoma sifatida ko‘rinadi. Jumlalarni turli tillar orasida tezkor tarjima qiluvchi ilova ham tizimga kiritilgan. Apple xaritalarida to‘ldirilgan reallik rejimi mavjud; Tools ilovasi esa kompas, lupa va boshqa turli utilitalarni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, dizayner «Pochta» ilovasining yangilangan interfeysini ham o‘zicha tasavvur qilgan: unda Face ID orqali autentifikatsiyadan o‘tib maktublarda imzo qoldirish imkoniyati mavjud. Siri interfeysi esa mazkur konseptda anchagina ixcham aks ettirilgan.

O‘QING: Kishida koronavirus bor-yo‘qligini endi Siri ham aytib bera oladi

Steyn van Osterveyk tayyorlagan iOS 14 konseptini quyidagi lavhada ko‘rishingiz mumkin. Biroq rolikda kadrlar juda tez almashadi, shu boisdan sekinlashtirilgan rejimda tomosha qilganingiz ma’qul:

Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida WWDC 2020 faqat onlayn formatda o‘tkazilishi kutilmoqda. Apple unda o‘z smartfonlari uchun iOS 14 hamda planshetlari uchun yangi iPadOS operatsion tizimlaridan tashqari, macOS, tvOS va watchOS tizimlarini ham ko‘rsatadi.

O‘QING: Ekspertlar barcha iPhone’larning istalgan Android-smartfondan asosiy ustunligini ma’lum qilishdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.