Ayni Telegram bloklanayotganida, Opera VPN – cheklovni «aylanib o‘tish» servisi ham to‘xtatilyapti

  •   DiMaX
  •  859
  •  16.04.2018 12:57

Ayni Telegram bloklanayotganida, Opera VPN – cheklovni «aylanib o‘tish» servisi ham to‘xtatilyapti

Biror hududda cheklanganligi sababli ochilmaydigan saytlarga kirish uchun cheklovni «aylanib o‘tish» xizmatini taqdim etuvchi VPN resurslari mavjud. Internetga uyali telefon orqali kiruvchilar orasida aynan Opera VPN eng ommalashgan servis hisoblanadi.

O‘QING: VPN nima o‘zi?

Xabarlarga ko‘ra, Opera VPN mobil ilovasi 30 apreldan o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Bu haqda Opera Software kompaniyasi o‘zining rasmiy sayti orqali ma’lum qilgan.

«Biz iOS va Android uchun Opera VPN ilovasining faoliyatini 2018 yil 30 apreldan to‘xtatmoqdamiz. Lekin xavotir olmang. Biz sizning maxfiyligingizni qayg‘uramiz», – deyiladi kompaniya xabarida. Opera Software bu qarorining sababini ochiqlamagan.

Eng qizig‘i – ayni hozirda, Telegram messenjeri Rossiyada bloklanayotgan pallada VPN servislari juda ommalashmoqda. Shunaqa talab kuchaygan payti Opera VPN to‘xtatilayotgani baribir g‘alati.

O‘QING: Sud qaror chiqardi, Telegram'ning Rossiyadagi taqdiri ayon bo‘ldi!

Biz esa, saytimiz muxlislari orasida Rossiyadan kiruvchilar ham ko‘pchilikni tashkil etishini hisobga olib, Telegram bloklangan taqdirda ham unga kirish yo‘llarini ma’lum qilganmiz. Bunday hollarda messenjerga smartfondan kirish yo‘llari ushbu maqolamizda, kompyuter orqali kirish usullari esa mana bu maqolamizda ko‘rsatilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!