Ayni vaqtda sotib olish mumkin bo‘lgan eng yaxshi Galaxy smartfonlari

Ayni vaqtda sotib olish mumkin bo‘lgan eng yaxshi Galaxy smartfonlari

Samsung har yili ko‘plab yangi smartfonlarni sotuvga chiqaradi. Ular orasidan eng yaxshilarini tanlab olish ko‘pincha xaridorlarga qiyinchilik tug‘diradi. Byudjet hamda flagman sinfida Samsung bir qancha qurilmalarni taklif etadi.

O‘QING: Ortga nazar: Galaxy A seriyasining eng yaxshi smartfonlari

Xaridorlarga yordam berish maqsadida, biz hozirda sotib olish mumkin bo‘lgan eng yaxshi Galaxy smartfonlarining ro‘yxatini tuzib chiqdik.

Ushbu ro‘yxatdan yangi Galaxy buklamafonlari hamda flagman, o‘rta toifa, byudjet sinfiga kiruvchi smartfonlar o‘rin olgan.

Eng kuchli texnik jihatlarga ega smartfon: Galaxy S21 Ultra

Galaxy S21 Ultra hozirda xaridorlar sotib olishi mumkin bo‘lgan eng unumdorligi yuqori bo‘lgan smartfon. U eng kuchli texnik jihatlarni o‘zida birlashtira olgan.

Qurilma yuqori sifatli 6.8 dyuymli 120Hz Dynamic AMOLED 2X displeyiga ega. Hududga qarab smartfon Snapdragon 888 yoki Exynos 2100 chipi bilan jihozlangan. Xotira turining eng yuqorisi 16/512GB ni tashkil qiladi, uni microSD bilan kengaytirishning imkoni mavjud emas.

5,000 mAs sig‘imli akkumulyator ega smartfonga, shuningdek, takomillashgan 100x gibrid zumni qo‘llab-quvvatlovchi telefoto kamera o‘rnatilgan. Dasturiy ta’minotdagi yangi funksiyalar kamera imkoniyatlarini oshirgan.

Qurilma S Pen'ni ham qo‘llab-quvvatlaydi, biroq uni alohida sotib olishga to‘g‘ri keladi. Chunki S21 Ultra'da stilus uchun uya mavjud emas. Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish uchun kompaniya maxsus stilus uchun uyaga ega bo‘lgan g‘ilofni sotuvga chiqardi, lekin uning narxi odatiy g‘iloflarnikidan ancha qimmatroq.

Bir so‘z bilan aytganda, S21 Ultra hozirgi vaqtda eng yuqori unumdorlik, eng yaxshi displey, dizayn hamda kameralarga ega bo‘lgan Galaxy smartfoni hisoblanadi.

Sotib olish uchun sabablar: sifatli kameralar, katta hajmli akkumulyator, sifatli displey, yuqori unumdorlik.

O‘QING: TeraTavsif: Samsung Galaxy S21 Ultra 5G (1-qism)

Eng yaxshi ko‘p funksiyaga ega bo‘lgan smartfon: Galaxy Note 20 Ultra

Avvalgi avlod Note 10 seriyasidan farqli o‘laroq, Samsung kompaniyasi Note 20 Ultra'ga bir qancha yangi imkoniyat hamda funksiyalarni qo‘shdi. Shuningdek, S Pen'ni ham takomillashtirdi.

6.9 dyuymli displeyga ega bo‘lgan smartfon 5G tarmog‘ini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, Note 20 Ultra dinamik 120Hz yangilanish chastotasiga ega bo‘lgan birinchi Galaxy smartfoni bo‘ldi. Ya’ni smartfon joriy kontentga qarab, 10Hz, 30Hz, 60Hz hamda 120Hz chastotalarga avtomatik tarzda o‘tib, ishlashni boshlaydi. Bu akkumulyator quvvatini tejashga katta yordam beradi.

Samsung, shuningdek, oldingi avoldga qaraganda kamera sozlamalarini ancha yaxshilagan.1,299 dollarlik flagmandan maksimal darajada foydalanishga imkon beradigan bir nechta yangi dasturiy ta’minot funksiyalari va yangi kamera rejimlari smartfonga qo‘shildi. Bularning barchasi Galaxy Note 20 Ultra'ni eng yaxshi Samsung smartfonlaridan biriga aylantirdi.

Sotib olish uchun sabablar: yuqori sifatli displey, simsiz DeX funksiyasi, chiroyli dizayn, takomillashgan kamera funksiyalari, yuqori akkumulyator avtonomligi.

O‘QING: Drop-test videosi: Galaxy Note 20 Ultra mustahkamroqmi yoki iPhone 11 Pro Max?

Eng yaxshi ixcham smartfon: Galaxy S20 FE

Samsung o‘tgan yili yangi Fan Edition seriyasini taqdim etdi. S20 FE bu - flagman S20 seriyasining ko‘plab texnik jihatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, biroq nisbatan arzon hamda ixchamroq bo‘lgan smartfon.

Unga S20 seriyasida bo‘lgan Exynos 990/Snapdragon 865 chiplari o‘rnatilgan. Qurilma 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator ega. Displey haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, smartfon 120Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlovchi 6.5 dyuymli Super AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Unda, shuningdek, uchta kamera bo‘lib, ular 12MP asosiy kamera, 12MP ultrakeng kamera, 8MP 3x zumni qo‘llab-quvvatlovchi telefoto kameralardan iborat.

Samsung ushbu smartfonni uch yillik Android yangilanishi bilan ta’minlashga va’da beradi. Shunday ajoyib imkoniyat hamda texnik jihatlarga ega bo‘lgan smartfonning narxi 699 dollarni tashkil qiladi.

Samsung kompaniyasining Galaxy S20 FE smartfonini taqdim etishi unga flagmanlarga yaqin bo‘lgan smartfonlar segmentida boshqa kompaniyalar bilan raqobatlashish imkonini berdi.

Sotib olish uchun sabablar: ajoyib dizayn, yuqori unumdorlik, yassi AMOLED displey, uch yillik tizim yangilanishi.

O‘QING: Samsung Galaxy S20 FE'ning to‘liq texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Eng yaxshi buklamafon: Galaxy Z Fold3

Galaxy Z Fold3 - Samsung'ning yangi buklamafoni. Tashqi ko‘rinishidan u avvalgi avlod Z Fold2'ga o‘xshasa-da, kompaniya yangi qurilmada ko‘plab yangi imkoniyatlarni yaratgan.

Smartfonning ham tashqi, ham ichki displeyi 120Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Ekran yorqinligi oldingi modelnikiga qaraganda 29%, displey mustahkamligi esa 80% ga oshgan. Ushbu qurilma S Pen'ni qo‘llab-quvvatlovchi birinchi Galaxy buklamafoni bo‘ldi.

Bundan tashqari, qurilmaning yangi buklanuvchi mexanizmining mustahkamligi juda yaxshi darajada. Smartfonda IPX8 standarti bo‘lib, u qurilmani suvdan himoyalaydi. Z Fold3 buklamafoni Snapdragon 888 chipida ishlaydi. Uning 12/256GB, 12/512GB xotira turli versiyalari mavjud.

Sotib olish uchun sabablar: IPX8 standarti, S Pen'ni qo‘llab-quvvatlashi, yuqori unumdorlik.

O‘QING: Samsung Galaxy Z Fold3 5G'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Eng yaxshi o‘rta toifadagi smartfon: Galaxy A52

Bu yil Samsung kompaniyasi bir qancha o‘rta toifaga kiruvchi smartfonlarni taqdim etdi. Ularning orasida esa eng ommabopi bu - Galaxy A52. Qurilma 6.5 dyuymli Super AMOLED displeyiga ega bo‘lib, ushbu displey 90Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. A52'ning 5G talqini esa 120Hz chastotada ishlaydi.

Smartfon Snapdragon 720G chipi bilan jihozlangan bo‘lib, eng yuqori xotira turi 8/256GB ni tashkil qiladi. Galaxy A51'ga qaraganda uning kamera sifati ancha yaxshilangan. Qurilma optik barqarorlikka ega bo‘lgan 64MP asosiy kamera, 12MP ultrakeng, 5MP makro, 5MP sath kameralar bilan jihozlangan. Akkumulyator hajmi 4,500 mAs bo‘lib, uni 25 vattda quvvatlash mumkin. Qurilmada 3.5mm audio jekning borligi ham quvonarli holat.

Sotib olish uchun sabablar: zamonaviy dizayn, takomillashgan kameralar, 90Hz Super AMOLED displeyi, 3.5mm audio jek.

O‘QING: Galaxy A52'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Eng yaxshi byudjet sinfidagi smartfon: Galaxy A32

Galaxy A32 byudjet sinfidagi eng yaxshi smartfonlardan biri. Qurilma 6.4 dyuymli Super AMOLED displeyi, MediaTek Helio G80 chipi, 4/6/8GB tezkor xotira, 64/128GB doimiy xotira, 5,000 mAs akkumulyatorga ega. Smartfon chipining unumdorligi unchlik yuqori emas. Shuning uchun, qurilma yuqori grafikadagi ilova va o‘yinlarni ochishda qiynaladi.

Sotib olish uchun sabablar: AMOLED displeyi, yangicha dizayn, 5,000 mAs akkumulyator.

O‘QING: Samsung Galaxy A32 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Samsung barcha sinfga kiruvchi smartfonlarni taqdim etadi. Hozirda S21 Ultra qurilmasi Galaxy smartfonlarining eng kuchligi, Note 20 Ultra esa o‘z navbatida stilusga ega bo‘lgan Note seriyasidagi smartfonlar orasida eng yaxshisi hisoblanadi.

Galaxy Z Fold3'ga raqobat qilishi mumkin bo‘lgan buklamafon hozirda mavjud emas. Galaxy S20 FE sotuvga chiqqaniga bir yil bo‘ldi, biroq uning texnik jihatlari flagman smartfonlardan hech ham qolishmaydi, shuningdek, flagmanlarga nisbatan ushbu smartfonning narxi nisbatan arzonroq.

Ikki yil avval sotuvga chiqarilgan A50 qurilmasi dunyo miqiyosida eng ommabop smartfonlardan biri bo‘lgan edi. Bir yil o‘tib kompaniya A51 smartfonini taqdim etdi. Ushbu smartfonning ham bozori ancha chaqqon bo‘ldi.

Bu yil esa Galaxy A52 taqdim etildi. Avvalgi ikki avlodga qaraganda, smartfon dizayni ancha o‘zgardi, shuningdek, texnik ko‘rsatkichlar ham yaxshilandi. A52'ni o‘rta toifadagi Galaxy qurilmalari orasida narxiga arzidigan eng yaxshi smartfon deyish mumkin.

Byudjet sinfidagi A32 esa sifatli displey hamda katta hajmli akkumulyatorga ega. U ham hozirda eng yaxshi byudjet sinfidagi smartfon hisoblanadi.

O‘QING: Samsung haqida siz bilgan va bilmagan faktlar!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!