Ayrim iPhone 14 modellari SIM karta uyasiga ega bo‘lmaydi

Ayrim iPhone 14 modellari SIM karta uyasiga ega bo‘lmaydi

Apple'ning bo‘lajak iPhone 14 smartfonlari sezilarli darajada yaxshilishlarga ega bo‘lishi anchadan beri mish-mish qilinmoqda, xususan, ayrim modellar yangi displey, yangicha dizayn, yangi kamera xususiyatlariga ega bo‘lishi allaqachon aytildi. Qo‘shimchasiga, GlobalData kompaniyasining texnik xizmatlar direktori, Emma Mohr-McClunening so‘zlariga ko‘ra, ayrim iPhone modellari SIM karta uchun uyaga ega bo‘lmasligi, ular faqat eSIM texnologiyasi yordamida ishlashi mumkin. 

eSIM - bu "embedded SIM" so‘zining qisqartmasi bo‘lib, uning o‘zbek tiliga tarjimasi "o‘rnatilgan SIM" bo‘ladi. eSIM hozirgi jismoniy SIM kartalarni virtual ko‘rinishi bo‘lib, u qurilmaga ichki o‘rnatilgan bo‘ladi va unga bir nechta telefon raqamlarni ulash mumkin. eSIM bilan foydalanuvchida hech qanday jismoniy shakldagi SIM kartaga ehtiyoj qolmaydi. Jismoniy SIM karta va uning uchun slotning olib tashlanishi qurilmada boshqa komponentlar, masalan, batareya uchun ko‘proq joy ajratish imkonini beradi. Bundan tashqari eSIM texnologiyasi jismoniy SIM kartalarga qaraganda xavfsizroq hisoblanadi.

Amerika aloqa operatori, AT&T'ning mobil qurilmalar va aksessuarlar bo‘yicha vitse-prezidenti Jeff Hovardning ta’kidlashicha, eSIM rivojlanish natijasidir va u bilan foydalanuvchilar yaxshiroq tajribaga ega bo‘lishadi.

Apple 2011 yildayoq eSIM texnologiyasiga patent olish uchun ariza bergan edi. Bugungi kunda iPhone 11 dan yuqori avlod Apple smartfonlari allaqachon eSIM'ni qo‘llab-quvvatlaydi. Shunday ekan, bu texnologiya kupertinolik kompaniya uchun yangilik emas va uni qo‘llab-quvvatlaydigan smartfonlar allaqachondan beri ishlab chiqilmoqda. 

Bir nechta afzalliklari bilan birga, eSIM ham o‘ziga yarasha "minus"ga ega. Masalan, eSIM telefon raqamni boshqasiga alishtirish, jismoniy SIM kartali raqamni alishtirishchalik oson emas, buning uchun siz operator ofisiga borishingiz kerak bo‘ladi.

Bugungi kunda eSIM texnologiyasi va uni o‘zlashtirish Yevropa va Osiyo davlatlarida ham keskin rivojlanmoqda, xossatan, mamlakatimizdagi MobiUz, Beeline va UzMobile aloqa operatorlari ham eSIM xizmatlarini ham taklif qilishadi.

O‘QING: 200 vattda quvvat oluvchi smartfon taqdim etildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!