Bahraynda koronavirusni o‘ldiradigan, 12 tilda gaplashuvchi robot ishlab chiqildi

  •   DiMaX
  •  229
  •  02.07.2020 11:02

Bahraynda koronavirusni o‘ldiradigan, 12 tilda gaplashuvchi robot ishlab chiqildi

Bahraynda mikroorganizmlar, xususan, koronavirusni yo‘q qila oladigan robot ishlab chiqildi. Bu haqda «Daily Mail» nashriga tayanib Xabar.uz yozmoqda.

O‘QING: Aeroportda barcha virus va bakteriyalarni 40 soniyada yo‘q qiluvchi kabina o‘rnatildi

Robot 12 tilda gaplashadi, ovozli buyruqlarni bajaradi, yuzni tanish texnologiyasiga ega, tana haroratini o‘lchay oladi.

U viruslarga qisqa to‘lqinli ultrabinafsha nur bilan ta’sir o‘tkazadi. Yarim soatda mikrorganizmlarni 90 foizgacha o‘ldira oladi. Ultrabinafsha nur mikroorganizmlarning membranasini yorib kirishi natijasida ularda DNK parchalanishi yuz beradi.

Robot ishlayotgan xonaga odamlarning kirishi mumkin emas, chunki ultrabinafsharang nur inson hujayralari uchun ham xavfli.

O‘QING: Koronavirus haqida yozib kelayotgan blogerlar izsiz g‘oyib bo‘ldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!