Balki ishonmassiz, lekin Galaxy Note 20 birinchi testdayoq Galaxy S20+’ga mag‘lub bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  935
  •  01.08.2020 14:29

Balki ishonmassiz, lekin Galaxy Note 20 birinchi testdayoq Galaxy S20+’ga mag‘lub bo‘ldi!

Samsung kompaniyasi Galaxy Note 20 turkumidagi fabletlarini qaysi hudud bozorida sotilishiga qarab, ikki xil protsessor bilan chiqaradi. Bulardan biri Qualcomm kompaniyasining tegishli vaqtdagi eng kuchli Snapdragon 865+ chipseti bo‘lsa, ikkinchisi – Samsung o‘zi ishlab chiqarayotgan Exynos platformalaridir.

O‘QING: Xotirjam bo‘lavering: Galaxy Note 20 fabletlari va Galaxy Buds Live kutilganidan arzonroq ekan!

Yaqindagina ayrim mamlakatlar bozorlariga mo‘ljallangan Galaxy Note 20 smartfonlari o‘sha eski Exynos 990 chipseti bazasida ishlaydigan bo‘lishi aytilgan edi. Keyinroq esa yangi fabletlarda mazkur protsessorning oddiy emas, balki kuchaytirilgan versiyasi qo‘llanishi, u hatto o‘sha Snapdragon 865+ chipsetidan ham kuchli ekanligi haqida xabar chiqdi.

Lekin taniqli tarmoq informatori – Ice Universe kecha Twitter orqali bitta noxush ma’lumotni ulashdi. Unga ko‘ra, Samsung Galaxy Note 20 smartfonining Exynos 990 protsessorli versiyasi samaradorligi ancha past ekan. Samsung bu chipsetini umuman optimizatsiya qilmagan, natijada yangi fablet samaradorlikda hatto Galaxy S20+ flagmaniga ham bas kela olmagan!

Ice Universe bu ikki smartfonning Geekbench servisidagi natijalarini o‘zaro taqqoslab ko‘rsatar ekan, Samsung keyingi flagmanlarida Exynos 1000 bilan vaziyatni yaxshilashidan umidvor ekanligini aytgan. Hozircha esa ishtiyoqmandlar Galaxy Note 20 modelida Exynos 990 chipsetiga chidab turishlariga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: 6,5" AMOLED displey, to‘rtta kamera va 6,000 mAs akkumulyatorga ega Samsung Galaxy M31s smartfoni taqdim qilindi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!