Balki ishonmassiz, lekin Huawei ketma-ket ikkinchi oy smartfon bozorida yetakchi bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  1248
  •  30.06.2020 17:54

Balki ishonmassiz, lekin Huawei ketma-ket ikkinchi oy smartfon bozorida yetakchi bo‘ldi!

Bir necha yil avval Huawei smartfon sotish bo‘yicha Apple’ni quvib o‘tib, dunyodagi ikkinchi raqamli smartfonsozga aylangan. Joriy yilning aprelida esa u tarixda ilk bor Samsung’dan ham o‘zib, 1-raqamli smartfonsoz bo‘lgan edi.

O‘QING: Samsung smartfonlarga chegirma e’lon qilayotib, Huawei’ni masxaraladi

Buni qarangki, xitoylik texnogigantning bu yutug‘i tasodifiy emas ekan – may oyida ham u Samsung’dan ko‘p smartfon sotishga erishibdi! Ya’ni, 2020 yilning may oyida Huawei jahon smartfon bozorining 19,7 foizini egallagan bo‘lsa, janubiy koreyalik raqibiga 17,6 foizlik ulush to‘g‘ri kelgan.

Boshqa smartfonsozlarning may oyida jahon bozoridagi ulushi quyidagicha: Apple – 13%, Oppo, Xiaomi va Vivo – har biri 8%dan. Bu oyda dunyo bo‘yicha jami 81,97 millionta smartfon sotilgan (aprelda 69,37 millionta edi).

Manbaning ta’kidlashicha, Samsung bir oyda AQShdagi smartfonlar sotuvini birdaniga 56 foizga oshirish orqali Huawei bilan oraliqdagi farqni kamaytirgan. Shu dinamikani inobatga olsak, iyun natijalariga ko‘ra janubiy koreyaliklar yana birinchi o‘ringa chiqib olishlarini anglash qiyin emas. Huawei esa ikkinchi o‘rinni Apple’ga hali-veri berib qo‘ymasa kerak – to kuzda iPhone 12 taqdim etilib sotuvga chiqmagunicha kupertinoliklarda keskin o‘sish bo‘lmasa kerak.

Darvoqe, Huawei’ning yana bir katta yutug‘i haqida yaqinda yozgandik: eng innovatsion kompaniyalar reytingida u birdaniga naq 42 pog‘ona yuqorilab, bu gal TOP-o‘ntalikka kirgan!

O‘QING: Huawei P40 Pro+ kushandasini Xiaomi tayyorladi: keramik korpus, Snapdragon 865 va qayrilma ekranli kamerofon!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!