Balki ishonmassiz, lekin robot allaqachon cho‘ponlik qilyapti! («jonli» video)

  •   DiMaX
  •  941
  •  25.05.2020 08:55

Balki ishonmassiz, lekin robot allaqachon cho‘ponlik qilyapti! («jonli» video)

Boston Dynamics kompaniyasi o‘zining Spot nomli robotini yangi ishlarga o‘rgatishda davom etmoqda. Bu yaratiq odamdan yaxshi raqsga tushayotgan videosini ulashgandik, endi esa u qo‘y boqyapti!

O‘QING: Robot-askarning haqiqiy isyonini «jonli» videoda ko‘ring!

Spot yaratuvchilari uning shunchaki o‘yinchoq emasligini isbotlashga zo‘r berib harakat qilishmoqda. Yangi Zelandiyada mazkur robotga cho‘ponlik sir-asrorlarini Rocos kompaniyasi o‘rgatyapti. Ularning rejasiga ko‘ra, robot-ko‘ppak qo‘ylarni to‘lig‘icha avtonom rejimda nazorat qilib yuradigan bo‘ladi.

Rocos vakillariga ko‘ra, yaqin kelajakda Yangi Zelandiyada kishilar o‘z suruvlarini Spot’ga ishonib, uning ishini masofadan nazorat qilib tura olishadi.

Boston Dynamics’ning orzulari osmon: Spot’ni u yana dehqonchilik hosillarini yig‘ishga, shuningdek, hududlarni kezib xarita tuzishga ham o‘rgatmoqchi. Bunday vazifalarni bajarishda unga infraqizil kamera hamda LiDAR yordam beradi. Yangi dasturiy ta’minot va bir qator datchiklari evaziga, robot-ko‘ppakni dunyoning istalgan nuqtasidan turib boshqarish mumkin.

O‘QING: VIDEO: Rossiya o‘z harbiy robotlarini Suriyada ishlatib ko‘rsatdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.