Bang & Olufsen BeoSound: ohangni 360 gradusda yangrataman

Bang & Olufsen BeoSound: ohangni 360 gradusda yangrataman

IFA 2016 ko‘rgazmasida Daniyaning Bang & Olufsen kompaniyasi o‘zining yangi karnaylarini namoyish qildi. BeoSound seriyasidagi karnaylar ohangni butun atrofga, aniqrog‘i 360 gradusda yangrata oladi. Karnaylar katta bo‘lmagan konus shaklida ishlangan bo‘lib, ovozni aylana bo‘ylab taratishga qodir.

BeoSound 1 va BeoSound 2 karnaylari xuddi stol lampalariga o‘xshaydi, shuning uchun ular istalgan intererga mos tushadi. Karnaylar bir-biridan dizayn va hajm borasida farq qiladi. Misol uchun BeoSound 1 yechiladigan batareyaga ega bo‘lib, uni piknik, dam olish va sayohatlarda olib yurish mumkin. BeoSound 2 biroz kuchliroq parametrlarga ega, ammo u doimiy quvvatlashni talab etadi.

22TxZFg35rJSUz29S0z2sRHQBkCnI6vWBcxCtz0PyBtA3MaErFprW6prOZhSn4RyWDlLYOCZz0CJogty

Ikkala karnayda Google Cast, AirPlay, DNLA va Bluetooth orqali fayllarni yuborish imkoniyati ko‘zda tutilgan. Shuningdek, tovushni yanada kuchaytirish maqsadida karnaylarga Bang & Olufsen BeoLink dinamiklarni ulash mumkin.

BeoSound 1 va BeoSound 2 kontaktsiz datchiklar bilan ta’minlangan va boshqarish elementlarini istalgan tarafdan ko‘rsata oladi. Karnayning yuqori qismini burash orqali tovush balandligini sozlash, unga bosish orqali esa turli amallarni bajarish mumkin.

22TxceWoz1z22aqz0Cr7pOVkj0khz1rXPo4vvysRPkOYKz2oXz0xg2CwaniOffxS0OWM9nkff1SjSuaUR

BeoSound 1 karnayi ayni vaqtda 1495 dollar narxida sotilmoqda. BeoSound 2 esa oktyabrning oxirida sotuvga chiqariladi. Narxi – 1895 dollar.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!