Baquvvat batareya va kuchli Qualcomm chipli Galaxy M42 5G benchmarkda qo‘lga tushdi

  •   DiMaX
  •  964
  •  01.04.2021 09:39

Baquvvat batareya va kuchli Qualcomm chipli Galaxy M42 5G benchmarkda qo‘lga tushdi

Samsung kompaniyasi o‘zining arzon smartfonlar turkumidagi Galaxy M62 modelini fevralda namoyish qilgan. Aniqrog‘i, bu – avvalroq Hindistonda taqdim etilgan «avtonomlik monstri» – Galaxy F62 smartfonining klonidir.

O‘QING: Samsung smartfon bozorida Apple’ni chetga surib qo‘ydi

Endi esa kompaniya ushbu seriyaning navbatdagi a’zosi – Galaxy M42 5G modelini tayyorladi. Samsung uni kuni kecha Geekbench servisida tekshirib ko‘rdi va shunda smartfonning asosiy texnik jihatlari oshkor bo‘ldi.

Benchmark ma’lumotlar bazasida qolgan qaydlarga ko‘ra, smartfon beshinchi avlod uyali aloqa standartini qo‘llovchi, anchayin kuchli Snapdragon 750G protsessori bazasida tayyorlangan. Katalog raqami SM-M426B bo‘lgan qurilma 4 gigabaytlik tezkor xotira bilan jihozlangan va Android 11 operatsion tizim talqiniga ega.

Ko‘rib turganingizdek, Galaxy M42 5G benchmarkdagi yakka yadroli sinovda 650 ball, ko‘p yadroli testda esa 1779 ball to‘plagan. Smartfonning boshqa ayrim xususiyatlari avvalroq turli regulyatorlarda tasdiqlangan – u 6000 mA/soatlik akkumulyatorga hamda 64 megapiksellik kameraga ega.

Samsung yaqinda o‘zining Galaxy A52 smartfonini ikki xil – Galaxy A52 4G hamda Galaxy A52 5G talqinlarida namoyish etgan edi. Shunga o‘xshab, bu yangi smartfonning beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llamaydigan, yanada arzon versiyasi ham bo‘ladi. Galaxy M42 4G deb nomlanadigan model Snapdragon 732G chipseti bilan taqdim etilishi kutilmoqda.

O‘QING: Suv va changdan himoyali Galaxy A72 ham taqdim etildi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!