Barcha Android-qurilmalar uchun Telegram X ilovasida yirik yangilanish!

  •   DiMaX
  •  2606
  •  29.04.2019 14:10

Barcha Android-qurilmalar uchun Telegram X ilovasida yirik yangilanish!

Telegram dasturchilari messenjerning eksperimental talqini – Telegram X kliyenti uchun uzoq kutilgan yangilanishni chiqarishdi. 0.21.7.1151 raqamli ushbu apdeytni Android-qurilmalar egalari o‘rnatib olishlari mumkin.

O‘QING: YouTube’ning pulli funksiyasidan Telegram orqali bepul va reklamasiz foydalansa bo‘lar ekan!

Shunday qilib, Telegram X ilovasining 0.21.7.1151 versiyasida quyidagi yangi imkoniyatlar taqdim etilgan:

  1. Bildirishnomalar 2.0 – ular noldan boshlab qaytadan yaratilgan bo‘lib, ishonchlilik yaxshilangan va faol foydalanuvchilar uchun takomillashtirilgan sozlamalarni o‘z ichiga oladi.
  2. Multiakkaunt 2.0 – tizim resurslarini kam sarflagan holda cheksiz miqdorda akkauntlar qo‘shish mumkin.
  3. Chatlarni ularning turiga qarab (maxfiy yozishmalar, guruhlar, kanallar, o‘qilmaganlar) saralash imkoni bor.
  4. Maxfiy chatlarda istalgan xabarni barcha uchun o‘chirish mumkin (vaqti ham cheklanmagan – avval 48 soatgacha edi). Foydalanuvchilar nafaqat o‘zlarining, balki suhbatdoshlarining ham yozganlarini o‘chira oladilar.
  5. Messenjerning o‘zida so‘rovlar joylash yo‘lga qo‘yilgan.
  6. Oddiy guruhlarda va «Tanlanganlar» («Izbrannie»)da biror xabarni tepaga biriktirib qo‘yish mumkin.
  7. Messenjerning rasmiy tarjima platformasi – translations.telegram.org orqali yaratilgan lokalizatsiyalarni qo‘llash va ularga havola orqali o‘tish mumkin.
  8. «Tarmoq va ma’lumot almashish» («Set i dannie») bo‘limida sozlamalarning tashqi ko‘rinishi ozroq o‘zgartirilgan.
  9. Blokni chetlab o‘tish vositalari yaxshilangan.
  10. Ikki bosqichli avtorizatsiya uchun pochtani yangicha tasdiqlash yo‘lga qo‘yilgan.
  11. Maxfiy kanal yoki chatdagi biror postga eltuvchi havolani nusxalab olish mumkin.
  12. Guruh a’zolaridan nechtasi ayni damda onlayn ekanligi to‘g‘ri ifodalanadigan bo‘lgan.
  13. Messenjerning libtgvoip (2.4.4) hamda TDLib (1.4.0) kutubxonalari yangilangan.

Aytish kerakki, Telegram X foydalanuvchilarining 50 foizi uchungina ushbu apdeyt tarqatilmoqda. Agarda sizda bu ilova yangilanmayotgan bo‘lsa, mana bu havola orqali beta-test dasturiga qo‘shilib, yangi talqinini olishingiz mumkin.

O‘QING: Telegram’dagi xatolik sababli o‘chirib yuborilgan xabarni tiklash yo‘li topildi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!