Barcha Android-smartfonlar sohiblariga Microsoft’dan xushxabar bor!

  •   DiMaX
  •  1630
  •  26.11.2020 11:43

Barcha Android-smartfonlar sohiblariga Microsoft’dan xushxabar bor!

Apple kompaniyasi 10 noyabr kuni o‘zining ARM-arxitekturali birinchi kompyuter protsessori – Apple M1 chipsetini va uning bazasidagi qurilmalarini namoyish qilgan. Mazkur protsessorli bitta qurilma esa allaqachon AnTuTu benchmarkida rekord o‘rnatishga ham ulgurgan.

O‘QING: Putin xavfli operatsion tizim ishlatishi ma’lum bo‘ldi

Apple M1 protsessorining o‘ziga xosliklaridan biri shundaki, u iOS tizimi uchun chiqarilgan mobil ilovalarni kompaniyaning noutbuk va protsessorlarida ishlatish imkonini beradi. Microsoft ham bu borada undan qolishmaslikka ahd qilgan ko‘rinadi: insayderlarga ko‘ra, u Windows 10 tizimiga mobil ilovalarni qo‘llab-quvvatlash funksiyasini qo‘shyapti.

Windows Central nashri xodimi Zak Bouden so‘zlariga ko‘ra, Microsoft hozirda Windows 10 tizimli kompyuterlarda Android-ilovalarni ishga tushirish imkoniyatini joriy etish ustida ishlamoqda.

Bunda mobil dasturlarni bevosita kompaniyaning Microsoft Store rasmiy do‘konidan o‘rnatib olish mumkin bo‘ladi. Mazkur funksiya keng foydalanuvchilar ommasiga keyingi yildanoq taqdim etilishi kutilmoqda.

O‘QING: Windows 10 o‘rnatgandan so‘ng qilish shart bo‘lgan 7 ish

Ta’kidlash kerakki, ayrim rusumlardagi Samsung smartfonlari egalari Android-ilovalarni o‘z Windows-kompyuterlarida ishlata oladilar, ularning ro‘yxatini mana bu xabarimizda berganmiz.

Umuman, Windows 10 operatsion tizimi uchun ishlab chiqilgan Your Phone dasturi (o‘zbekchada «Telefoningiz» deb nomlangan) kompyuterni hamda Android-smartfonni yagona ekotizimga birlashtirish imkonini beradi. Uning yordamida kompyuter yoki noutbukning o‘zidanoq SMS yuborish mumkin, shuningdek...

O‘QING: Microsoft’ning yangi ilovasi bilan yaqinda smartfonsiz ham qo‘ng‘iroq qila olasiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!