Barcha davlat organlari o‘z veb-saytlarini yaratishi majburiy bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  1210
  •  05.10.2019 12:18

Barcha davlat organlari o‘z veb-saytlarini yaratishi majburiy bo‘ldi!

4 oktyabr kuni «Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini, shuningdek, fuqarolarning demokratik o‘zgartirishlardagi faolligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilindi. Unda belgilanishicha, respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda, ular faoliyatini moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, ushbu organ va tashkilotlarning byudjetdan tashqari manbalari hisobidan majburiy tartibda ularning veb-saytlari yaratiladi, deb yozadi Xabar.uz nashri.

O‘QING: Smartfon, kompyuter va boshqa elektrotexnika jihozlari importini cheklashlari mumkin!

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda:

davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytiga qo‘yiladigan asosiy talablarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha hukumat qarori loyihasini ishlab chiqadi va taqdim etadi;

Internet tarmog‘ida respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarining, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning veb-saytlari mavjudligi va faoliyat yuritishini inventarizatsiyadan o‘tkazadi.

Inventarizatsiya natijalari veb-saytlarga nisbatan yangi talablarni inobatga olgan holda keyinchalik davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yangi veb-saytlarini yaratish va amaldagilarini modernizatsiya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish uchun ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.

O‘QING: RASMAN: O‘zbekistonda ekstremistik va terroristik profil, kanal va sahifalar ro‘yxati e’lon qilindi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!