Barcha flagmanlarni yengib, AnTuTu’da rekord qo‘ygan Nubia Red Magic 3 ilk «jonli» suratlarda!

  •   DiMaX
  •  865
  •  22.04.2019 10:50

Barcha flagmanlarni yengib, AnTuTu’da rekord qo‘ygan Nubia Red Magic 3 ilk «jonli» suratlarda!

Benchmarklarda barcha flagmanlarni yenggan Nubia Red Magic 3 geymerofoni «jonli» suratlarda!

Xitoylik smartfonsozlar bir-biridan o‘tkazib yuksak samaradorlikka ega flagmanlar tayyorlashmoqda va ularning taqdimoti hali oldinda. Yaqindagina Meizu 16s modeli AnTuTu testida iPhone XS Max, Galaxy S10+, Mi 9 va boshqalarni «yer tishlatgan» bo‘lsa, yana bir xitoylik undan ham oshiq natija ko‘rsatgan.

O‘QING: AnTuTu’da yangi rekord: ZTE Axon 10 Pro 5G bunga qanday erishdi?

Shuningdek, ZTE korporatsiyasiga qarashli Nubia kompaniyasi o‘yinbop smartfonlarining navbatdagi avlodi – Red Magic 3 modelini tayyorlayotgani haqida ham yozganmiz. AnTuTu sinovida u boshqa flagmanlardan ham yuqori ball olgan va bunisi endi chinakam rekord!

Nubia Red Magic 3 dizayni haqida tizerlar orqali tasavvurga ega edik, endi esa uning «jonli» suratlari ham chiqdi:

Xabarlarga ko‘ra, ushbu rasmlar Xitoyda o‘tkazilgan kibersport tadbirida olingan. Afsuski, ommaga Nubia Red Magic 3 faqat orqa tomonidan ko‘rsatilgan.

Qora-qizil rangli dizayn ushbu modelning o‘yinbop jangovarlik ruhini yaqqol aks ettirgan.

O‘QING: O‘yin smartfonlarining kelajagi porloqmi?

Uchinchi avlod «qirmizi jodugar» orqa panelining o‘rtasidagi, sozlanuvchi ranglarda yonadigan chiziq ham geymerlarga xush yoqadi.

Ammo smartfon sifatidagi imkoniyatlariga ko‘ra Nubia Red Magic 3 unchalik ham xursand qilmasa kerak. Zero, uning bosh kamerasi yakka modulli, barmoq izi skaneri ham «eskichasiga» – orqa panelda joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, Nubia Red Magic 3 o‘yinbop smartfoni 28 aprelda taqdim etiladi.

O‘QING: Dunyodagi eng zo‘r Android-smartfonlar o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2019 yil aprel)