Barcha Galaxy S23 smartfonlarining sifatli marketing renderlari tarqatildi!

Barcha Galaxy S23 smartfonlarining sifatli marketing renderlari tarqatildi!

Taqdimot yaqinlashgani sari Galaxy S23 smartfonlariga oid ma'lumotlar ham ko'paymoqda va bugun biz bo'lajak flagmanlarning rasmiy marketing renderlari bilan tanishamiz. Niderlandiyada joylashgan Nieuwe Mobile nashri, hamda, Evan Blass Galaxy S23, Galaxy S23+ va Galaxy S23 Ultra smartfonlarini to'rt xil ranglarda turli xil burchaklardan ko'rsatilgan renderlarini ulashdi.

Galaxy S23 Ultra'dan boshlaydigan bo'lsak, u o'tgan yilgi Galaxy S22 Ultra'dan tashqi ko'rinishda deyarli farq qilmaydi. Galaxy Note ruhidagi dizaynga ega smartfon bu yil ham 5 ta kamera sensorlari bilan ta'minlangan. Ularning asosiy uchtasi qolgan ikkitasidan kattaroq va ular halqa bilan o'ralgan. Taqqoslanganda ular Galaxy S22 Ultra'nikidan biroz kattaroq. Mish-mishlarga ko'ra, Ultra model 200MP asosiy kameraga ega bo'ladi. Agar bu to'g'ri bo'lsa, u Galaxy smartfonlari ichida bunday rekord darajadagi kameraga ega bo'lgan ilk model bo'ladi. Shuningdek, Galaxy S23 Ultra kameralari avvalgisinikiga qaraganda yaxshilangan avtofokus va stabilizatsiyaga ega bo'lishi aytilmoqda.

Galaxy S23 va Galaxy S23+ modellarigan kelsak, albatta, ular bir-birlariga juda o'xshash. Ehtimol, ularni tashqi ko'rinishda bir-biridan ajratib turadigan yagona farq Plus modelning o'lchami kattaroq ekanligidir. Ikkala smartfonlar ham tekis va qirrali tomonlari bilan iPhone'ni eslatib yuboradi. O'tgan yilgi boshlang'ich Galaxy S22 smartfonlari bilan taqqoslaganda bu yilgi modellarga kamera oroli yetishmaydi, ya'ni nozik halqalar bilan o'ralgan kameralar bu safar smartfondan bo'rtib chiqib turadi.

Yaqinda taqdim qilingan Galaxy A14'dan farqli o'laroq Galaxy S23 va Galaxy S23+ smartfonlari Infinity-O dizaynida ingichka ramkalarga ega va ularning orqa tomonidagi uchlik kamerasi yonidagi LED chirog'i biroz yuqorida joylashgan. Shunday qilib, smartfonlar mana shunday tashqi ko'rinishga ega.

Endilikda biz ularning texnik xususiyatlari bilan 1-fevral kuni tanishamiz. Narxlar esa quyidagicha bo'lishi tahmin qilinmoqda:

  • Galaxy S23 8/128 GB - $800
  • Galaxy S23 8/256 GB  $850
  • Galaxy S23+ 8/128 GB - $1,000
  • Galaxy S23+ 8/256 GB - $1,050
  • Galaxy S23 Ultra 8/256 GB - $1,250
  • Galaxy S23 Ultra 12/512 GB - $1,350
  • Galaxy S23 Ultra 12/1TB - $1,500

O'QING: Galaxy S23 seriyasi taqdimot sanasi rasman ma’lum bo‘ldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.