Barcha iPhone 14 modellari 120Hz yangilanish chastotasida ishlovchi displey bilan jihozlanadi

Barcha iPhone 14 modellari 120Hz yangilanish chastotasida ishlovchi displey bilan jihozlanadi

Apple bu yili iPhone 14 seriyasini taqdim etadi. Yangi seriya iPhone 14, iPhone 14 Max, iPhone 14 Pro, iPhone 14 Pro Max modellaridan iborat bo‘ladi. 

Bu yili mini modeli taqdim etilmasligi oydinlashmoqda. Chunki iPhone 13 mini qurilmasi Apple kutganidek sotilmadi. 

Tahlilchi Jeff Pu bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Apple endi Pro va oddiy modellarning displey va xotira imkoniyatlarini tenglashtirildi. 

Bundan xulosa qilish mumkinki, endi faqat Pro modellar emas, balki oddiy modellar ham 120Hz yangilanish chastotada ishlovchi displeyga ega bo‘ladi. Shuningdek, barcha modellar 6GB tezkor xotira bilan jihozlanadi. 

Hozirgi iPhone 13 Pro va Pro Max modellari 6GB, iPhone 13 hamda 13 mini modellari esa 4GB tezkor xotiraga ega. 

Avvalroq Pu iPhone 14 Pro va Pro Max qurilmalari 8GB tezkor xotiraga ega bo‘lishini aytgandi. Biroq hozircha narx-navoni hisobga olgan holda, kompaniya qo‘rilmalarning xotira hajmini oshirmasligi mumkin. 

Displey hamda xotira jihatidan Pro va oddiy modellar deyarli bir-biri bilan tenglashdi. Ammo kompaniya ularning o‘rtasidagi farqni boshqa texnik jihatlar bilan oshirmoqchi. Katta ehtimol bilan kameradagi farq saqlanib qoladi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Pro modellarning xotirasi 256GB bilan, oddiy modellar esa 64GB boshlanadi. Bundan tashqari, Pro modellar 48MP asosiy kameraga ega bo‘ladi. 

O‘QING: Galaxy S22 seriyasi yangi avlod Gorilla Glass shishasi bilan jihozlanadi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!