Barcha iPhone 15 smartfonlari dinamik orolga ega bo'ladi

Barcha iPhone 15 smartfonlari dinamik orolga ega bo'ladi

Apple o'zining iPhone 14 smartfonlarini seriyasini yaqindagina taqdim qilganiga qaramay, ularning navbatdagi avlodi haqidagi ma'lumotlar allaqachon internetga sizdirildi.

Apple qurilmalari uchun ta'minot zanjiri tahlilchisi, Ross Yong o'zining Twitter sahifasida ma'lum qilishicha, yangi iPhone 15 smartfonlarining barcha modellari hozirgi iPhone 14 smartfonlarining faqat Pro variantlarida mavjud bo'lgan dinamik orolga ega bo'ladi. 

Agar mish-mishlar to'g'ri bo'lsa, Apple 2017-yilda iPhone X bilan taqdim qilingan katta qora tirqish dizayni butunlay yakunladi va ularning o'rnini tabletka dori shaklidagi dinamik orol to'liq egallaydi. 

Biroq, Pro modellardan farqli o'laroq, iPhone 15 oddiy modellari hali ham 120 gertsli LTPO displeyiga ega bo'lmaydi. Bunday displeylar hozirgi iPhone 14 Pro smartfonlarida mavjud va bu bilan ular Always-on Display xususiyatiga ega. 

O'QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (37 hafta)