Barcha maktablar ochilsa, onlayn o‘qish to‘xtatiladimi? Vazirlik mas’uli izoh berdi

  •   DiMaX
  •  1605
  •  20.10.2020 08:49

Barcha maktablar ochilsa, onlayn o‘qish to‘xtatiladimi? Vazirlik mas’uli izoh berdi

AOKA zalida Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda o‘quvchilar uchun onlayn ta’lim borasidagi muhim savolga ham javob berildi, deb yozadi Xabar.uz nashri.

O‘QING: Bepul kiriladigan saytlar ro‘yxatini kengayib, muddati ham uzaydi!

Barcha maktablar ochilsa, onlayn o‘qish to‘xtatiladimi? Yoki xohlagan ota-ona bolasini onlayn o‘qitishni davom ettirsa bo‘ladimi?

 Butun dunyodagi singari, yurtimizda ham koronavirus pandemiyasi hali barqarorlashgani yo‘q. Shu sababli gibrid shakldagi ta’lim hali davom etadi, deydi mutaxassis.

Ya’ni farzandi salomatligidan xavotir oladigan, uydagi karantin holati yaxshi bo‘lmagan ota-onalar fazandlarini masofaviy shaklda ta’lim olishni davom ettirishlari mumkin. Bugungi kunda Respublikamizdagi 10 008 ta maktabdan 9 990 tasi ya’ni 99,8 foizi to‘laqonli ravishda ishlamoqda. O‘quvchilardan 4,5 mln. nafari, ya’ni 72% an’anaviy, qolgan 1,7 mln nafari, ya’ni 28% onlayn shaklda tahsil olmoqda.

O‘quvchilarning masofaviy shaklda ta’lim olishi bekor qilingan taqdirda ham bugun Onlayn-maktab loyihasi uzatilayotgan telekanallardan qo‘shimcha ta’lim olish uchun foydalanish ko‘zda tutilgan, bu esa hududlardagi ko‘pchilik maktablardagi o‘quvchilarga sifatliroq qo‘shimcha ta’lim olish uchun imkoniyat beradi.

O‘QING: Online-maktab darslari uzatiladigan telekanallar va ijtimoiy tarmoqlar

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!