Barcha MDH mamlakatlarida Zoom videoaloqasidan foydalanish cheklandi!

  •   DiMaX
  •  657
  •  07.04.2021 13:00

Barcha MDH mamlakatlarida Zoom videoaloqasidan foydalanish cheklandi!

Amerikaning Zoom Video Communications kompaniyasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining davlat tassarufidagi kompaniya va tashkilotlariga o‘z xizmatlaridan foydalanish huquqini sotishni taqiqladi. Bu to‘g‘rida bir qator manbalarga tayanib Daryo nashri yozmoqda.

O‘QING: Zoom tarixdagi barcha rekordlarni «sindirib», birinchi o‘ringa chiqib oldi!

«Kommersant’» nashri Zoom’ning Rossiyadagi distribyutori – RightConf kompaniyasi xatiga asoslanib taqiq haqida xabar berdi. Kompaniya bosh direktori Andrey Petrenko hujjatning haqiqiyligini tasdiqladi.

Petrenkoning so‘zlariga ko‘ra, taqiq nafaqat Rossiya davlat muassasalariga, balki MDH mamlakatlarining davlat sektoriga ham tegishli. Shu tarzda, universitetlar, davlat kompaniyalari va davlat idoralari Zoom korporativ aloqalaridan foydalana olmaydi, ularning videokonferensiyalari standart 40 daqiqa bilan cheklanadi.

«Endi biz keyingi harakatlarning tafsilotlarini aniqlaymiz, men kompaniyaning davlat sektori uchun alohida mahsulot ishlab chiqarishini istisno qilmayman», – dedi Petrenko. Shuningdek, u amaldagi shartnomalar bo‘yicha ishlar davom etishini qo‘shimcha qildi.

Zoom Video Communications’ning AQShdagi bosh ofisi Rossiyaning davlat kompaniyalari va muassasalari video xizmatlardan uzilgani haqidagi xabarlardan so‘ng tekshiruvni boshladi.

«Bu xabarlar sheriklik savdo agentliklaridan birining hisobotiga asoslangani ko‘rinib turibdi», – deya ularni tasdiqladi Zoom vakili.

O‘QING: Diniy saboq o‘rtasida porno-rolik namoyish etilgani uchun Zoom’ni sudga berishdi

«Interfaks» xabariga ko‘ra, Rossiya davlat sektorining Zoom’dan uzilishi universitetlar faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin. Rossiya Milliy tadqiqot universiteti oliy iqtisodiyot maktabi 7 apreldan boshlab dastur xizmatlaridan foydalana olmasliklarini e’lon qildi. Universitet bir necha oy davomida RightConf bilan litsenziyani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borishga harakat qilib kelgan, ammo urinishlar besamar ketgan.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Zoom 2020 yilning dekabrida Moskva davlat texnika universitetiga dasturiy ta’minotini sotishdan bosh tortgan Microsoft kompaniyasining harakatlarini takrorlamoqda. Rossiya universitetida mudofaa sanoatida ishlaydigan mutaxassislar tayyorlanishi sababli Microsoft sanksiyalardan qo‘rqqan edi.

Bundan tashqari, ekspertlarning fikriga ko‘ra, mahalliy yechimlar (masalan, Yandex) videokonferensaloqa bozorida Zoom o‘rnini bosishi mumkin. Mart oyi oxirida Rossiya Raqamli sanoat vazirligi rahbari Maqsut Shadayev Zoom’ning rus analogi 2022 yilda tayyor bo‘lishini aytgan edi.

Ma’lumot uchun, Zoom Video Communications videoaloqa xizmati 2011 yildan beri ishlab kelmoqda. Koronavirus pandemiyasi va o‘nlab hukumat muassasalarning o‘zini o‘zi izolyasiya qilish choralari fonida Zoom’ning obro‘si keskin oshdi va millionlab foydalanuvchilar ushbu dasturdan foydalanishni boshladi. Avvalroq Zoom xizmati xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha tanqidlarga uchragan edi: foydalanuvchilar o‘zlarining ma’lumotlarini Facebook’ga o‘tkazilishi, shaxsiy aloqa ma’lumotlari va videolarning tarqalishi haqida shikoyat qilgan.

O‘QING: Zoom ishlatasiz-a? NASA va Ilon Mask esa uni taqiqlagan!