Barcha modellardagi Galaxy S11’larning ekran o‘lchamlari va yana ikkita zo‘r jihati ma’lum bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  2675
  •  09.11.2019 11:58

Barcha modellardagi Galaxy S11’larning ekran o‘lchamlari va yana ikkita zo‘r jihati ma’lum bo‘ldi

Samsung kompaniyasining yangi avlod – Galaxy S11 turkumidagi flagmanlarining xususiyatlari birin-ketin fosh bo‘lmoqda. Jumladan, kechagina «jonli» surat sababli ularning bir rekordchi jihatini aniqlangan.

O‘QING: Samsung yana bir buklamafonining taqdimot kunini rasman aytdi!

Taniqli insayder Evan Bless (Evan Blass) o‘zining Twitter akkaunti orqali Samsung Galaxy S11 smartfonlari haqida navbatdagi ma’lumotni e’lon qildi. Odatda uning prognozlari hamisha to‘g‘ri chiqadi, garchi norasmiy bo‘lsa-da.

Unga ko‘ra, bu turkumda uchta model bo‘ladi va ularning ekran o‘lchamlari diagonaliga 6,4, 6,7 va 6,9 dyuymni tashkil etadi. Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak: Galaxy Note 10 (sotib olish) fabletining displeyi o‘lchami 6,8 dyuymga teng.

Eng yuqori konfiguratsiyadagi model standart holda 5G tarmog‘ida ishlaydi, qolgan ikkitasini esa ham 4G, ham 5G tarmoqli versiyalarda taklif etishadi. Ya’ni, Samsung ushbu turkumning uchta vakilini ham 5G-smartfon tarzida taqdim etadi.

Bundan tashqari, uchala Galaxy S11 modeli ham eng hashamdor ko‘rinishda – chetlari qayrilma displeyga ega. Ya’ni, Galaxy S10e (xarid qilish) smartfonidagi singari tekis ekran endi Samsung flagmanlarida bo‘lmaydi.

Janubiy koreyaliklar yangi flagmanlarni o‘z vaqtida – 2020 yil fevralning oxirlarida namoyish etishadi. Ularning narxlari haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q, lekin 5G-smartfonlar bozorida taklif ko‘payib, raqobat tufayli narxlar arzonlashib borayotganini hisobga olsak, Samsung ham bu qurilmalariga juda baland narx belgilamasa kerak. Yana kim biladi, uning qimmat flagmanlari ham eng katta bozorlarda zo‘r sotilyapti...

O‘QING: 2300 dollarlik smartfonni xitoyliklar 5 daqiqadayoq talashib tugatishdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.