Barcha qurilmalar uchun Telegram yangilandi: endi fonlarda ijod qilishingiz mumkin!

  •   DiMaX
  •  2710
  •  02.02.2019 15:48

Barcha qurilmalar uchun Telegram yangilandi: endi fonlarda ijod qilishingiz mumkin!

Telegram messenjeri o‘zining iOS hamda Android uchun taqdim etilgan kliyentlarini, shuningdek, Telegram Desktop dasturini yangiladi. Mobil platformalardagi ilovalarda foydalanuvchilar uchun ajoyib yangi funksiyalar taqdim etildi.

O‘QING: Telegram’da buyuk yangilanish: qanday yangi imkoniyatlar bor?

Telegram 5.3 talqinidagi kliyentda asosan chatlarning fonlarini sozlan bilan bog‘liq keng imkoniyatlar kiritilgan. Endi unda siz o‘zingizni qiziqtiruvchi rasmni messenjerning o‘ziga o‘rnatilgan veb-qidiruv orqali topib o‘rnata olasiz. Shuningdek, fonga qo‘yilgan har qanday rasmga harakat va xiralik effektini bag‘ishlashingiz, so‘ng esa ushbu ijodingiz namunasini havola yordamida do‘stlaringizga ulashishingiz mumkin!

Shunday qilib, Telegram’ning iOS va Android kliyentlarida quyidagi funksiyalar joriy etilgan:

  1. Fondagi tasvirga harakat va xiralashtirish effektlarini qo‘llash mumkin: «Sozlamalar» → «Tashqi ko‘rinish» → «Yozishma foni» («Nastroyki» → «Vneshniy vid» → «Fon chata»).
  2. Avvaldan mavjud biror rangni fon tarzida o‘rnatish, uning intensivligini sozlash imkoni bor.
  3. Fon tasviri bo‘yicha yoki asosiy filtrlar bo‘yicha internetdan rasmlar topib fonga o‘rnatsa bo‘ladi.
  4. Fon tasvirlarini havola yordamida do‘stlaringizga ulasha olasiz.
  5. Bitta fonni barcha qurilmalardagi Telegram ilovalaringiz uchun umumiy qilib o‘rnatishingiz mumkin.
  6. Fon tasvirlari uchun yangicha ko‘rinishdagi tanlash imkoniyati berilgan.

Aytish kerakki, macOS hamda Windows tizimlari uchun taqdim etilgan Telegram Desktop dasturlarida ham deyarli shunday sozlamalar bor, faqat ularda fon bo‘yicha internetdan tasvirlar izlash funksiyasi yo‘q.

Qurilmalaringizdagi Telegram kliyentlarini tegishli ilovalar do‘konlari orqali yangilashingiz yoki mana bu havola orqali uning saytidagi ko‘chirib olish sahifasiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Telegram’da pul topishni istaysizmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!