Barcha Redmi K40 smartfonlari mana shu ikki umumiy jihatga ega bo‘ladi

Barcha Redmi K40 smartfonlari mana shu ikki umumiy jihatga ega bo‘ladi

Hozirgi Redmi K30 lineykasi smartfonlari ekran yangilanish chastotasi borasida bir-birdan farqlanadi. Qurilmalar ekrani LCD va OLED panellar bo‘lib, 60Hz va 120Hz'dan tortib, 144Hz'gacha yangilanish chastotasiga ega. Xuddi shunday, smartfonlarda bir-biridan farqli — 27 Vt, 30 Vt va 33 Vt tezkor quvvatlanish imkoniyati bor.

Biroq Weibo'dagi insayder Digital Chat Station ma’lumotlariga ko‘ra, navbatdagi K seriyasi flagmanlari yuqoridagi ikki jihat borasida bir xil bo‘ladi.

Redmi K40 lineykasining barcha modellarida yuqori yangilanish chastotasi va tezkor quvvat olish imkoniga mavjud bo‘ladi. Ammo K30'ga nisbatan ulkan yangilanishlarni kutmay qo‘ya qoling, sababi 3C agentligi allaqachon K40 (Pro?) smartfonini sertifikatladi. Hujjatga ko‘ra, qurilma K30 Pro'dagi bilan bir xil — MDY-11-EX zaryadchigi va 33 Vt tezkor quvvatlanish imkoniyati bilan jihozlanadi.

Ayni shu smartfon (M2006J10C) ning MIIT'dagi listingida ko‘rsatilishicha, qurilma 5G tarmog‘ida ishlaydi. Hozirgi taxminlarga ko‘ra, smartfonga Snapdragon 750G'ning kuchaytirilgan versiyasi bo‘lmish Snapdragon 775G chipi o‘rnatiladi.

Qualcomm o‘zining SD775G chipini 1-dekabr kuni Snapdragon 875 flagman chipseti bilan birgalikda taqdim qilishi kerak. Snapdragon 875'ning barcha premium Redmi K40 modellariga o‘rnatilishi ehtimoli bor.

Ammo bundan oldin, Redmi jamoasi 24-noyabr kuni taqdimot o‘tkazib, Redmi Note 9 5G va Note 9 Pro 5G smartfonlarini namoyish qilishi kutilmoqda. Bulardan Pro modeli yuqorida keltirilgan S5 750G chipida ishlab, 30–120Hz adaptiv yangilanuvchi chastotali ekranga ega bo‘ladi. Smartfonni 33 Vt da zaryadlanuvchi 4,820 mAs akkumulyator quvvat bilan ta’minlab tursa, 108MP linza asosiy kamera vazifasini bajaradi.

Xiaomi hozircha taqdimot sanasini rasman tasdiqlagani yo‘q.

O‘QING: Umuman kutilmagan 5G-smartfon – Redmi Note 9T ham sertifikatsiyadan o‘tdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!