Barcha sun’iy yo‘ldoshlar birdaniga o‘chib qolsa, bizni qanday halokat kutadi? (+video)

  •   DiMaX
  •  1619
  •  24.06.2021 12:28

Barcha sun’iy yo‘ldoshlar birdaniga o‘chib qolsa, bizni qanday halokat kutadi? (+video)

Kundalik turmushimizdagi biz ko‘nikib qolgan texnologiyalarning muntazam ishlab turishini ta’minlash uchun sayyoramiz atrofida qanchalab sun’iy yo‘ldoshlar kezib yurganini o‘ylab ham ko‘rmaganlar bor. To‘g‘ri-da, ishlab turganida ularning bor-yo‘qligi bilinmaydi, lekin ishdan chiqsa bormi...

O‘QING: Google sayyoramiz 37 yil ichida qanday o‘zgarganini ko‘rsatdi (video)

Germaniya Aerokosmik agentligi (DLR) shu masalaga qiziqib ko‘rib, agarda Yer orbitasidagi barcha sun’iy yo‘ldoshlar birvarakayiga ishlamay qolsa nima bo‘lishini o‘rganib chiqdi. Bunday ehtimoliy nosozlik qanchalik fojiaviy qiyofa kasb etishini tashkilot quyidagi videoda ko‘rsatib berdi:

DLR mutaxassislarining ta’kidlashlaricha, bu holat insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyotini bir necha o‘n yil orqaga qaytaradi. Yer sayyorasini informatsion kollaps (axborot yetishmovchiligi) xavfi kutadi, texnologiyalarni tiklash ancha uzoq vaqtni talab etadi.

O‘QING: Stiven Xoking izdoshlari yonginamizdagi o‘zga sayyoraliklarning radiosignalini ushlashdi!

Hamma sun’iy yo‘ldoshlar birdaniga ishdan chiqsa yuzaga keladigan asosiy muammolar quyidagilardan iborat:

1) Aniq vaqtni bilishimizga xizmat qilayotgan Galileo tizimi ishlamay qoladi. Vaqt belgisi bo‘lmagach, insoniyatni iqtisodiy inqiroz kutadi. Zero, vaqt tizimi bo‘lmagach, plastik kartadan yoki bank hisobidan pul o‘tkazib yoki yechib olib bo‘lmaydi.

2) Elektr tizimlarida muammolar boshlanadi.

3) GPS tizimlari bo‘lmagach, zamonaviy samolyotlar parvoz qila olmaydi.

4) Internet ham, uyali aloqa ham shirin xotiraga aylanadi.

5) Ob-havo prognozlarining aniqligi pasayadi. Insoniyat endi havo haroratini, shamol tezligini, siklonlar yo‘nalishi va tezligini oldindan bila olmaydi.

6) Zilzilalar haqida prognozlar bo‘lmaydi, favqulodda xizmatlar ishdan chiqadi.

Sun’iy yo‘ldoshlar ishdan chiqsa, bulardan boshqa nosozliklar ham yuzaga kelishi aniq, ammo yuqoridagilarning oqibatlarini o‘ylash ham ehtimoliy vaziyatni tasavvur qilishga kifoya.

O‘QING: Mobil ilovalarsiz dunyo: Apple versiyasi (video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!