Barcha variantlardagi Galaxy S21, S21 Plus va S21 Ultra narxlari chiqdi: chindanam Galaxy S20’lardan arzon!

  •   DiMaX
  •  65913
  •  23.12.2020 10:35

Barcha variantlardagi Galaxy S21, S21 Plus va S21 Ultra narxlari chiqdi: chindanam Galaxy S20’lardan arzon!

Samsung kompaniyasi Galaxy S21, Galaxy S21 Plus hamda S21 Ultra flagmanlarini bulturgi modellar – tegishlicha Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra modellaridan arzonroq sotishi haqida yozgan edik. Endi shu ma’lumot tasdiqlanib, yangi qurilmalarning Yevropadagi aniq narxlari ham e’lon qilindi.

O‘QING: Galaxy S21'lar «ta’mini tatib» ko‘ring!

Germaniyaning nufuzli WinFuture nashriga ko‘ra, Samsung bu mamlakatda yangi flagmanlari uchun quyidagicha narxlar belgilaydi:

  • Galaxy S21 128 GB – 850 yevro;
  • Galaxy S21 256 GB – 900 yevro;
  • Galaxy S21 Plus 128 GB – 1050 yevro;
  • Galaxy S21 Plus 256 GB – 1100 yevro;
  • Galaxy S21 Ultra 128 GB – 1350 yevro;
  • Galaxy S21 Ultra 256 GB – 1400 yevro;
  • Galaxy S21 Ultra 512 GB – 1530 yevro.

Manbaga ko‘ra, bu smartfonlar Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham taxminan shunday narxlarda sotiladi. Ya’ni, ular mahalliy QQSga bog‘liq holda turli bozorlarda salgina qimmatroq yo arzonroq bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, ayrim mamlakatlarda bazaviy Galaxy S21 modeli 5G tarmog‘ini qo‘llamaydigan – 4G-variantda ham chiqadi. Lekin qolgan ikkita – Galaxy S21 Plus hamda S21 Ultra flagmanlari faqatgina 5G-versiyada bo‘ladi.

O‘QING: TOP-10: Narxini eng sekin yo‘qotadigan smartfonlar (2020 yil reytingi)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!