Barcha variantlardagi Xiaomi Mi 10 va Mi 10 Pro’larning aniq narxlari chiqdi: kutilganidan arzon ekan!

  •   DiMaX
  •  9379
  •  07.02.2020 09:39

Barcha variantlardagi Xiaomi Mi 10 va Mi 10 Pro’larning aniq narxlari chiqdi: kutilganidan arzon ekan!

Koronavirus epidemiyasi tufayli Xiaomi o‘zining Mi 10 flagmanlarini faqat onlayn formatda namoyish qilishidan xabaringiz bor. Ularning narxlari 3500–5000 yuan (499–713 dollar) orasida bo‘lishi aytilayotgan edi.

O‘QING: Uzoq kutilgan Poco X2 arzon narxda taqdim etildi: siz uni «taniysiz»!

Endi esa barcha xotira konfiguratsiyalaridagi Xiaomi Mi 10 hamda Xiaomi Mi 10 Pro modellarining aniq narxlari haqida ma’lumot chiqdi. Unga ko‘ra, mazkur flagmanlarining eng zo‘ri ham kutilganidan arzonroqqa baholanmoqda.

Xullasi kalom, tezkor/ichki xotira hajmiga ko‘ra ular narxi quyidagicha:

Xiaomi Mi 10, 8/128 GB – 500 dollar

Xiaomi Mi 10, 8/256 GB – 529 dollar

Xiaomi Mi 10, 12/256 GB – 579 dollar

Xiaomi Mi 10 Pro, 8/128 GB – 579 dollar

Xiaomi Mi 10 Pro, 8/256 GB – 615 dollar

Xiaomi Mi 10 Pro, 12/256 GB – 658 dollar

Xiaomi Mi 10 Pro, 12/512 GB – 700 dollar

O‘QING: Mi 10’larni qo‘yaturing, Xiaomi yana bir «bomba» smartfon tayyorlayapti! (+«jonli» rasmlar)

Shuningdek, kuni kecha chipsoz Micron Technology kompaniyasi yangi turdagi – LPDDR5 tezkor xotira chiplarini rasman taqdim etgan va ular ilk bor Xiaomi Mi 10 flagmanlarida qo‘llanishini aytgan.

Micron LPDDR5 tezkor xotira modullari Xiaomi Mi 10 smartfonlarining samaradorligini 50 foizga oshiradi va akkumulyator quvvatini 20 foizga kamroq sarflaydi.

O‘QING: Rekord hajmli – 16 GB «operativka»li ilk smartfon tayyor, xususiyatlari bilan tanishing!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!