Barcha versiyalardagi iPhone 12’larning narxlari bilan bittada tanishamiz!

  •   DiMaX
  •  2060
  •  30.07.2020 09:54

Barcha versiyalardagi iPhone 12’larning narxlari bilan bittada tanishamiz!

Apple korporatsiyasi iPhone 12 turkumidagi smartfonlarini qachon taqdim etishi allaqachon aytilgan. Yangi ayfonlar jamlanmasida quvvatlash adapteri bo‘lmasligini Apple’ning o‘zi boshqacha yo‘l bilan tasdiqlagan, tag‘in ularda quloqchin ham bo‘lmaydi. Bundan tashqari...

O‘QING: iPhone 12: «jonli» suratlar Apple fanatlarining hafsalasini pir qildi!

Endi esa Komiya_kj nikli insayder yangi turkumdagi har bir modelning turli xotirali variantlari uchun qancha narx belgilanishini ham e’lon qildi. Unga ko‘ra, iPhone 12 smartfonlari quyidagicha narxlarga ega bo‘ladi:

  • iPhone 12 (5,4 dyuymlik): 64 GB – $699, 128 GB – $749, 256 GB – $849;
  • iPhone 12 Max (6,1 dyuymlik): 64 GB – $799, 128 GB – $849, 256 GB – $949;
  • iPhone 12 Pro (6,1 dyuymlik): 128 GB – $1049, 256 GB – $1149, 512 GB – $1349;
  • iPhone 12 Pro Max (6,7 dyuymlik): 128 GB – $1149, 256 GB – $1249, 512 GB – $1449.

Aytish kerakki, ularning barchasi 5 nanometrlik texnologik jarayon asosida tayyorlangan eng kuchli Apple A14 protsessori va 5G-modem, OLED-ekran bilan jihozlanadi.

O‘QING: Telegram asoschisi barcha iPhone egalarini tashvishlantiruvchi yettita sababni aytdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!