Barcha versiyalardagi iPhone 12’larning narxlari, namoyish va sotuv sanalari bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  5278
  •  02.10.2020 16:06

Barcha versiyalardagi iPhone 12’larning narxlari, namoyish va sotuv sanalari bilan tanishing!

Apple bu yilgi smartfonlari orasida noan’anaviy nomdagi – iPhone 12 mini modelini ham tayyorlagani haqida yozgan edik. Keyinroq esa «jonli» surat barcha yangi iPhone’larning rasmiy nomlariga aniqlik kiritgan.

O‘QING: Kupertinoliklardan oldin rossiyaliklar iPhone 12 Pro Apple 1 Edition smartfonini taqdim etishdi! (+video)

Endi esa internetda o‘n ikkinchi avlod ayfonlarning barcha modellari, ularning hamma xotira versiyalarining narxlari haqida ma’lumot tarqaldi.

iPhone 12 mini:

64 gigabaytligi – 649 dollar

128 gigabaytligi – 699 dollar

256 gigabaytligi – 799 dollar

iPhone 12:

64 gigabaytligi – 749 dollar

128 gigabaytligi – 799 dollar

256 gigabaytligi – 899 dollar

iPhone 12 Pro:

128 gigabaytligi – 999 dollar

256 gigabaytligi – 1099 dollar

512 gigabaytligi – 1299 dollar

iPhone 12 Pro Max:

128 gigabaytligi – 1099 dollar

256 gigabaytligi – 1199 dollar

512 gigabaytligi – 1399 dollar

Ta’kidlash kerakki, bu – norasmiy ma’lumot; lekin agar shu rost bo‘lib chiqsa, u holda o‘n ikkinchi avlod ayfonlarning eng arzoni va eng qimmatining narxida ikki baravardan oshiq farq bo‘ladi.

O‘QING: O‘z narxini ko‘p yo‘qotmaydigan smartfonlar reytingi: iPhone 11 atigi 9-o‘rinda!

Bundan tashqari, Xitoyda mashhur Tmall onlayn do‘koni allaqachon ikki xil rangdagi iPhone 12 Pro Max smartfonlarining sifatli suratlarini e’lon qildi:

Bu internet-do‘kon yangi ayfonlarning sotuvga chiqishi bilan bog‘liq ma’lumotlarni ham oshkor etdi. Unga ko‘ra, iPhone 12 turkumi uchun oldindan buyurtmalar 16 oktyabrda ochiladi. Bu esa insayderlarning avvalgi ma’lumotlariga mos keladi: ayfonlar taqdimoti 13 oktyabr kuni o‘tkaziladi, o‘sha haftaning juma kuni ular uchun buyurtma olina boshlaydi. iPhone 12 smartfonlari buyurtmachilarga 23 oktyabrdan yetkazib berila boshlaydi.

O‘QING: Smartfon bozorida lider o‘zgardi, Xiaomi esa Apple’ga deyarli yetib oldi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!