Barcha yangi iPhone’lar narxlari taqdimotdan avval fosh etildi – 750 dollardan!

  •   DiMaX
  •  4241
  •  10.09.2019 09:53

Barcha yangi iPhone’lar narxlari taqdimotdan avval fosh etildi – 750 dollardan!

Apple korporatsiyasi bugun «Stiv Jobs teatri»da kuzgi taqdimot marosimini o‘tkazishidan xabaringiz bor. Kompaniya yangi avlod smartfonlari va boshqa gadjetlarini taqdim etadigan ushbu tadbirni mana bu yerda onlayn kuzatish mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Apple asoschisi o‘zining eng sevimli gadjetini aytdi – bu iPhone emas!

Kecha kechki payt Weibo ijtimoiy tarmog‘ida ushbu ayfonlarning asosiy xususiyatlari va narxlari aks etgan rasm paydo bo‘ldi. Aftidan, bu surat Tayvan operatorlaridan biri o‘z hamkorlari uchun o‘tkazgan yopiq anjumanda olingan.

Ko‘rib turganingizdek, kupertinoliklarning bu yilgi eng arzon smartfoni iPhone 11 deb nomlanadi. iPhone XR (xarid qilish) davomchisi bo‘lmish ushbu gadjet doimiy xotira hajmiga ko‘ra uch xil – 64, 128 va 256 gigabaytlik variantlarda taqdim etiladi va ular tegishlicha 750, 800 hamda 900 dollarga baholanmoqda. Undan bir pog‘ona baland – iPhone 11 Pro modeli esa 128, 256 va 512 gigabaytlik konfiguratsiyalarga ega. Ularning narxlari mos tarzda 1000, 1100 hamda 1200 dollarga teng. Eng ilg‘or flagman – iPhone 11 Pro Max ham xuddi shunday xotira hajmlaridagi variantlarda, tegishlicha 1100, 1200 va 1300 dollardan taklif etiladi.

Suratda ularning asosiy texnik jihatlari haqidagi ma’lumotlar ham keltirilgan va ular shu paytgacha tarqalgan insayderlik xabarlarini tasdiqlamoqda. Barchasi bilan batafsil bugun tungi soat 22:00 da mana bu yerda tanishishingiz mumkin bo‘ladi. Hozirgacha sotuvga chiqqan aksariyat iPhone’larni esa 5 650 000 so‘mdan boshlangan narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Ilk bora: iPhone 11’ni ishlayotgan holida «jonli» videoda ko‘rsatishdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!