Barchasi Snapdragon 845 bilan ta’minlanadi: Meizu 16 va 16 Plus’ga ekspertlar baho berishdi

  •   Saroy
  •  1323
  •  26.07.2018 10:45

Barchasi Snapdragon 845 bilan ta’minlanadi: Meizu 16 va 16 Plus’ga ekspertlar baho berishdi

Kuni kecha Xitoyning telekommunikatsiya uskunalarini sertifikatsiyalash markazi TENAA o‘z saytida Meizu 16 va 16 Plus smartfonlarining rasmini e’lon qilgan edi. Endi mazkur tashkilot ekspertlari ushbu smartfonlarning to‘liq tavsifini keltirishmoqda, albatta, kishini quvontiradigan yangiliklar ham bor.

O‘QING:Meizu M5s: arzon smartfon xarid qilish uchun 5 sabab

Bu Meizu 16

Xabarlarga qaraganda, Meizu 16  Snapdragon 710 chipida ishlaydi. Biroq TENAA xodimlarining ta’kidlashicha ikkala smartfon ham bir xil – sakkiz yadroli, takt chastotasi  2.8 GGs bo‘lgan protsessor bilan ta’minlanadi. Bu eng kuchli Snapdragon 845. Xotira sig‘imi ham bir xil, ya’ni 6 GB tezkor xotira va  8 GB ichki xotiraga ega, Meizu 16 Plus  ham 8 GB OZU konfiguratsiyasida bo‘ladi.

Meizu 16 6 dyuymli ekran bilan ta’minlangan bo‘lsa, Plus versiyasida esa bu ko‘rsatkich 6.5 dyuymni tashkil etadi. Unisida ham, bunisida ham tomonlar nisbati 18:9 bo‘lgan hamda formati 2160x1080 pikselli AMOLED-paneli o‘rnatiladi. Barmoq izlari skaneri smartfonning displeyiga joylashtirilgan. Ichki tomonida 12+20 megapikselli qo‘sh kamera joylashgan (ehtimol, Meizu 15 dagiga o‘xshab,  uch karrali gibrid zum bilan bo‘lishi mumkin). Old  kamerasi 20-megapikselli bo‘ladi.

O‘QING:Meizu X8: kompaniyaning displeyi qirqmali ilk smartfoni

Bu esa Meizu 16 Plus

Meizu 16’ning mustaqil ishlashi uchun  2950 mAch sig‘imga ega akkumulyator javob beradi, katta flagmanni esa sig‘imi 3570 mAch bo‘lgan batareya bilan ta’minlashgan. Ikki qurilma ham simsiz quvvatlantirgich bilan qo‘llab quvvatlanadi, chunki shishali orqa panel bunga imkon beradi. Yangi qurilmalar OS Android 8.1 Oreo boshqaruvida ishlaydi. Allaqachon shunday bo‘lishi kerak edi! Flyme 7 qobiqli joriy proshivka hali ham Nougat’da ishlab keladi.

Meizu 16 lineykasining premerasi 8 avgustga belgilangan. Kompaniya vakillarining so‘zlariga qaraganda, 6/128 GB’ li Meizu 16 Plus 515 dollar atrofida bo‘lishi mumkin, aniq narxi esa taqdimot kuni e’lon qilinadi.

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!