Barqaror MIUI 11 proshivkasi yana to‘rtta Xiaomi smartfoniga yetib keldi

  •   DiMaX
  •  2467
  •  12.10.2019 09:52

Barqaror MIUI 11 proshivkasi yana to‘rtta Xiaomi smartfoniga yetib keldi

Xiaomi smartfonlaridan oltitasiga, jumladan, arzon modellarga ham barqaror MIUI 11 proshivkasi tarqatilgani haqida kuni kecha yozgandik. Endi esa «Xitoycha Apple»ning yana to‘rtta telefoni ushbu grafik qobiqqacha yangilanmoqda.

O‘QING: MIUI 11’dagi yangi funksiya Xiaomi smartfonlari egalarining hayotini saqlab qolishi mumkin!

Yangi dasturiy ta’minot ushbu to‘lqinda kompaniyaning arzonchi – Redmi emas, balki faqat Mi turkumidagi qurilmalariga tarqatilmoqda. Bular – Xiaomi Mi 9 SE (sotib olish), Mi 8 SE, Mi Max 3 (xarid qilish) hamda Mi Mix 2 rusumli smartfonlardir.

Ta’kidlab o‘tamiz: bu yerda gap hozircha proshivkalarning faqat xitoycha versiyalari haqida ketayotir. MIUI 11 grafik qobig‘ining barqaror global talqini 16 oktyabr kuni, Redmi Note 8 Pro smartfonining Hindistondagi namoyishi bilan birga taqdim etilishi kutilmoqda.

O‘QING: Realme X2 Pro chindan ham Geekbench testida Redmi Note 8 Pro’ni «yer tishlatdi»!

MIUI 11 barqaror proshivkasi jami 46 rusumdagi Xiaomi mobil qurilmalariga tarqatilishi rasman aytilgan. Apdeytning hali oktyabrning o‘rtalarida kela boshlashi kutilayotgan edi, ammo kompaniya yangilashni tezlashtirib yubordi.

Proshivka hajmi 700 megabayt atrofida bo‘lib, u smartfonlarga turli yangiliklar olib keladi. Jumladan – yangilangan interfeys, ranglar va tovushlar; Mi Work hamda Mi Go ilovalar to‘plamlari, ekranni hamisha yoqiq tutuvchi Always On Display funksiyasi va hokazo.

Eslatib o‘tamiz, global sotuvga qo‘yilgan ko‘plab Xiaomi telefonlarini 610 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar asosida Terashop.uz onlayn do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Xiaomi shu oydayoq Galaxy Note 10 «kushanda»sini va yana bir kamerofonini taqdim etadi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!