Battlefield Mobile qachon chiqarilishi ma'lum qilindi

Battlefield Mobile qachon chiqarilishi ma'lum qilindi

Electronic Arts o'yin ishlab chiqaruvchisining taniqli Battlefield shuter o'yini mobil versiyasi o'tgan yilning kuz faslida taqdim qilingan edi. Hozirgacha yopiq tarzda alfa sinov jarayonida bo'lgan o'yinning aniq chiqarilish sanasi ma'lum emas, lekin o'tgan hafta boshida EA moliyaviy daromadlari bo'yicha o'tkazilgan suhbat davomida kompaniya bosh direktori Endryu Uilson mobil shuterning chiqarilishi haqida qisqacha aytib o'tdi:

"O'ylashimcha, biz may oyi oxirlarida sinov jarayonining navbatdagi bosqichiga o'tamiz va keyin biz ko'rgan ko'rsatkichlar, ma'lumotlarga qarab, biz o'yinning global chiqarilishini joriy yilning oxiriga, kelasi yilning boshiga qarashimiz mumkin."

Battlefield Mobile o'yini bepul bo'lib, uning ichida sotib olish uchun Battle Pass va boshqa kosmetik narsalar bo'ladi va uni faqat mobil qurilmalarda o'ynash mumkin.

Hozirda ko'plab o'yin ishlab chiqaruvchilari o'z o'yinlarining mobil versiyasini chiqarishmoqda. Masalan, Call of Duty'ning yangi mobil o'yini, Rainbow Six Mobile, Valorant Mobile va boshqalar. Shuningdek, EA o'zining Apex Legends o'yinining mobil versiyasini ertaga global chiqarishni rejalashtirgan, ya'ni siz ertadanoq Apex Legends Mobile o'yinini Play Store yoki App Store do'konlaridan bepul yuklab olishingiz mumkin bo'ladi.

O'QING: Kompyuter uchun top 10 bepul shuter o‘yinlar

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!