Beats Fit Pro quloqchinlari taqdim etildi

Beats Fit Pro quloqchinlari taqdim etildi

Narxi 180 dollar bo‘lgan yangi Apple AirPods 3'da faol shovqinni bekor qilish funksiyasi (ANC) mavjud emas, lekin 200 dollarlik Beats Fit Pro'da ushbu funksiya mavjud. Ikkila model ham Spatial Audio imkoniyatini qo‘llab-quvvatlaydi. 

O‘QING: 55 dollarlik Redmi Watch 2 Xitoyda hit smart soatga aylandi 

Yangi Beats simsiz quloqchinlari quloqda juda yaxshi o‘rnashib turadi hamda jismoniy mashg‘ulotlar vaqtida u quloqdan tushib ketmaydi. Bundan tashqari quloqchinlar IPX4 standartiga ega. 

Beats Fit Pro musiqa, filmlar va o‘yinlar uchun Spatial Audio funksiyasini taklif etadi. Ushbu quloqchin AirPods kabi Apple H1 chipi bilan jihozlangan. Shuningdek, ikkila modelda ham Audio Sharing funksiyasi bo‘lib, bu ikkita quloqchinni bitta smartfonga ulash imkonini beradi. Ya’ni bitta smartfonga ham AirPods, ham Beats Pro'ni ulab, musiqa eshitish mumkin. 

Quloqchinda shovqinni bekor qilish funksiyasi yoniq bo‘lsa, u olti soat ishlab bera oladi. Agar ushbu funksiya o‘chiq bo‘lsa, avtonomlik vaqti bir soatga oshadi. Quloqchinning qutisi ularni uch martagacha quvvatlash mumkin. Quvvatlash USB-C porti orqali amalga oshiriladi. MagSafe bilan quloqchinlari quvvatlanishning imkoni yo‘q. Taqqoslash uchun, AirPods 3 quloqchinlari to‘liq quvvat bilan olti soat ishlab bera oladi. Uning qutisi esa to‘rt martagacha quloqchinlarini quvvatlash imkoniga ega.

Beats Fit Pro'ning qutisida uch xil hajmdagi silikon quloqchin uchlari bo‘ladi. Fit Test funksiyasi Android hamda iOS ilovalari bilan quloqchinni bog‘lashga hizmat qiladi. 

Hozirda Beats Fit Pro'ga oldindan buyurtma berish boshlangan. Quloqchinlarini xaridorlarga yetkazib berish 5-noyabrdan boshlanadi. 

O‘QING: Galaxy S22 hamda S22+ smartfonlarining dizaynida kichik o‘zgarishlar bo‘ladi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!