Beeline abituriyentlar uchun zo‘r yangilik e’lon qildi

Beeline abituriyentlar uchun zo‘r yangilik e’lon qildi

Taniqli operator Beeline O‘zbekiston ayni damda talabalikka harakat qilayotgan abituriyentlar uchun yaxshi yangilik e’lon qildi.

Kompaniya o‘zining Telegram'dagi rasmiy kanalida shunday xabar bermoqda:

«Ayni damda onlayn tahsil olish va onlayn imtihonga tayyorgarlik ko‘rish har qachongidan ham dolzarbdir. Shu sababli Beeline TV'da hamkorimiz «Men Talaba» ta’lim kontenti ishga tushirildi!

Bu abituriyentlarni bir nechta fanlar bo‘yicha oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish uchun tayyorlash uchun kontent:

• Ingliz tili;
• Matematika;
• Kimyo;
• Fizika;
•Rus tili.

Ma’lumot uchun, «Men talaba» — bu har bir abituriyent qachon va qayerda bo‘lishidan qat’i nazar kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rishda yordam beradigan yangi loyiha.

«Men talaba» jamoasiga ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan malakali o‘qituvchilar, olimpiada g‘oliblari va davlat mukofotlari sovrindorlari, shuningdek, o‘zlarining yangi tajribalari, bilim va ko‘nikmalarini baham ko‘rishdan xursand bo‘lgan yosh, g‘ayratli va istiqbolli magistrlar kirgan».

Demak, sizga Beeline TV orqali video darslarni tomosha qilib, talabalik sari odimlash imkoni taqdim qilinmoqda. Video darslarni ko‘rish uchun bu yerga bosing.

O‘QING: Beeline har oyda 4 gigabaytgacha bonus beryapti!