Beeline abonenti aloqa uchun har oyda 16 ming so‘m sarflayapti

Beeline abonenti aloqa uchun har oyda 16 ming so‘m sarflayapti

17 fevral kuni O‘zbekiston mobil aloqa tarmog‘ida Beeline savdo belgisi ostida faoliyat ko‘rsatuvchi xalqaro VimpelCom Ltd. telekommunikatsiya operatori 2015 yilning IV choragi va yil yakunlariga oid moliyaviy hisoboti hamda joriy natijalarini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, Beeline 2015 yilda mahalliy aloqa tarmoqlarini kengaytirish uchun 140 milliard so‘m mablag‘ investitsiya kiritgan. Kompaniyaning ko‘rgan sof daromadi esa 1,828 trln. so‘mni tashkil qiladi.

To‘rtinchi chorak yakunlariga ko‘ra, Beeline mobil aloqa kompaniyasining O‘zbekistondagi abonentlari soni 10 million nafarga yetgan. O‘tgan yilning oktyabr-dekabr oylari misolida o‘rganilganida, har bir abonentning oylik xarajatlari miqdori o‘rtacha 16237 so‘mni tashkil qilgan. Bir abonent bir oy davomida ushbu aloqa tarmog‘i orqali 481 minut suhbatlashar ekan.