Beeline abonentlari «Sizning 4G Bonusingiz!» aksiyasi doirasida har oy 6 Gigabayt Internetga ega bo‘ladilar

Beeline abonentlari «Sizning 4G Bonusingiz!» aksiyasi doirasida har oy 6 Gigabayt Internetga ega bo‘ladilar

Beeline aloqa operatori «Hayot uchun 4G» dasturi doirasida «Sizning 4G Bonusingiz!» aksiyasi haqida e’lon qiladi.

2017 yilning 29 mart kunidan 30 iyun kuniga qadar Beeline Toshkent shahrining barcha abonentlariga barcha yo‘nalishlar uchun 1 Gbayt, TAS-IX doirasida foydalanish uchun esa 5 Gbayt internet-trafikni taqdim etadi. Trafik uch oy davomida har oy taqdim etiladi. Trafikni “Beeline Uzbekistan” ilovasida «Vash 4G BONUS!» «Sizning 4G Bonusingiz!» tugmasini bosib yoqish mumkin.

Muhim:

– trafikdan foydalanish uchun, abonentning mobil moslamasi LTE 850 (band 18 va band 5) chastotasida ishlashi va maxsus 4G SIM-kartasiga ega bo‘lish kerak;

– aksiya bo‘yicha megabaytlar faqatgina 4G tarmog‘ida sarflanadi, 4G TAS-IX megabaytlari faqat 4G tarmog‘idagi TAS-IX doirasida sarflanadi;

– abonent o‘z raqamida xizmatni faqat bir marotaba yoqishi mumkin;

– qolgan megabaytlar miqdorini bilish uchun *101# kodini terish lozim;

– 4G tarmog‘ida internetdan foydalanilganda birinchi navbatda aksiya bo‘yicha taqdim etilgan megabaytlar, keyin esa — boshqa harid qilingan internet-paketlar sarflanadi;

– aksiya faqat Toshkent shahrining avvaldan to‘lov tizimi abonentlari uchun amal qiladi.

Batafsil ma’lumot Beeline saytida va “Beeline Uzbekistan” mobil ilovasida.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!