Beeline Business korporativ mijozlarga bonusli internet-trafik yoqilgan 4G M-Fi routerlarni taklif etmoqda

Beeline Business korporativ mijozlarga bonusli internet-trafik yoqilgan 4G M-Fi routerlarni taklif etmoqda

Beeline Business korporativ mijozlarga bonusli internet-trafik yoqilgan 4G M-Fi routerlar sotuvi boshlangani haqida xabar beradi. To‘plam ichiga 4G M-Fi router, «Mobil ofis» tarif rejasi yoqilgan 4G USIM va 6 oy davomida har oy 4G tarmog‘ida amal qiladigan 5 Gb internet kiradi.

Mi-Fi routerni Toshkent shahridagi Beeline korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish ofisida sotib olish mumkin. Mi-Fi routerning narxi — $62,5. Taqdim etilgan megabaytlar faqat 4G tarmog‘ida sarflanadi. Aksiya faqat Toshkent shahri abonentlari uchun amal qiladi.

4G tarmog‘idagi megabaytlar miqdorini *110*16# kodini terib bilish mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!